Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги
Download 490.54 Kb.
|
IT va IYoD lab. Servis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishini bajarayotganda qilinadigan ishlar
- Tashqi tezlik tavsifnomasida quyidagi tezlik rejimlari farqlanadi
9-LABORATORIYA ISHI
IYODNING TEZLIK TAVSIFI Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Dizelning tirsakli valini aylanishlar soniga nisbatan uni asosiy ko‘rsatkichlarini , o‘zgarishining sabablarini o‘rganish, tezlik tavsifini olish uslubi bilan tanishish. Laboratoriya ishini bajarayotganda qilinadigan ishlar: foydalaniladigan asboblarning va jihozlarning holatini tekshirish, dizelning tezlik tavsifini chizish va tahlil qilish. Foydalaniladigan jihozlar va asboblar: dizelni tormozlaydigan stend, barometr, termometr va ishlatilgan gazlarni tutunliligini o‘lchaydigan asbob. Tashqi tezlik tavsifnomasida quyidagi tezlik rejimlari farqlanadi: - eng yuqori effektiv burovchi momentga mos keluvchi aylanishlar chastotasi; - yonilg‘ining effektiv solishtirma sarfini eng kamiga mos keluvchi aylanishlar chastotasi; - dizelning nominal effektiv quvvatiga mos keluvchi aylanishlar chastotasi; - dizelning eng yuqori quvvatiga mos keluvchi aylanishlar chastotasi; - dizelning rostlagich bilan ishlagandagi salt yurishining aylanishlar chastotasi; - indikator quvvatining hammasi ishqalanishga sarf bo‘lganda eng yuqori aylanishlar chastotasi. Har qanday dvigatelning eng yuqori quvvati. Ma’lum bir aylanishlar chastotasida, o‘rtacha effektiv bosim Pe bilan aniqlanadi. Effektiv bosim esa dizelni ish rejimi parametirlariga bog‘liq bo‘ladi. Suyuq yonilg‘ida ishlaydigan dvigatellarni o‘rtacha samarali bosimi quyidagi ifoda orqali ifodalaniladi. Pe = (Hu/lo) (i/) v H M Bu erda Hu - yonilg‘ini issiqligi, MDj/kg; lo - 1kg yonilg‘ining to‘liq oksidlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan havoning nazariy miqdori,kg/kg; i - indikator foydali ish koeffitsienti; α - havoning ortiqlik koeffitsienti; v - to‘ldirish koeffitsienti; - havoning zichligi. m - mexanik foydali ish koeffitsienti; Nisbati yonilg‘ining tarkibiga bog‘liq bo‘lib, suyuq yonilg‘ilarda bu nisbat juda oz miqdorda farq qiladi. Shuning uchun bir yonilg‘ini boshqa yonilg‘i bilan almashtirganda bu nisbat o‘rtacha samarali bosimga deyarli ta’sir qilmaydi.Bundan tashqari havoni bosimsiz silindrga kiritiladinan dvigatellarda k = o = const. Shuning uchun (1) ifodani quyidagicha yozish mumkin. Havoning bosim ostida kiritiladigan dvigatellarda Pe = K(i/) v H M (2) Havoning bosimsiz kiritiladigan dvigatellarda Pe = K(i/) v M Bu erda K=H0/l0 To‘ldirish koeffitsienti silindrni to‘ldirishini, i/ - ish jarayoning sifatini va M - energiyaning dvigatel markazidan iste’molchiga uzatilayotganda, energiyani nisbiy yo‘qolishini belgilaydi. Havoni bosim ostida kiritiladigan dvigatellarda esa kiritilayotgan havoning zichligi k ham hisobga olinadi. Bundan tashqari quyidagi ifodadan Ne=PeiVhn/30= K(i/) M v k n Ko‘rinib turibdiki, tezlik tavsifnomasini ko‘rinish (turi) v, M, i/, k larni qiymatlarini dvigatelning valini aylanishlar chastotasiga bog‘liq ravishda o‘zgarish tavsifi bilan aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan omillarning ta’sirini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. Download 490.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling