Fakultet dekani ___________________ PhD. K.Z.Ziyayev
4 – laboratoriya ishi
«IZOBARIK ISSIQLIK SIG‘IMINI ANIQLASH»
1. ISHNING MAQSADI
Talabalarning issiqlik Sig‘imi to‘g‘risidagi tushunchalarini boyitish, ularni havoning izobarik issiqlik Sig‘iminianiqlash uskunasi va unda o‘lchash uslubi bilan tanishtirish.
2. NAZARIY QISM
Ma’lumki, turli moddalarning issiqlikni o‘ziga qabul qilishi yoki berishi bir xil emas va ularning bu xususiyati issiqlik Sig‘imi orqali aniqlanadi.
Moddaning haroratini bir darajaga oshirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdoriga ISSIQLIK SIG‘IMI deyiladi.
|
O‘rtacha va haqiqiy (ayniy) issiqlik Sig‘imi mavjuddir.
T1-T2 haroratlar oralig‘idagi issiqlik Sig‘imiga o‘rtacha issiqlik Sig‘imi deyiladi.
Sm =
Agar jismga cheksiz kichik dQ miqdordagi issiqlik berilganda harorati T dan dT ga oshsa, ushbu nisbatga T haroratdagi issiqlik Sig‘imi deyiladi:
C=
Texnik hisoblash ishlarini osonlashtirish va turli moddalarning issiqlik SIG‘IMlarini taqqoslash uchun solishtirma issiqlik Sig‘imi tushunchasi kiritilgan.
SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG‘IMI deb, bir birlik moddaning haroratini bir darajaga oshirish uchun ketgan issiqlik miqdoriga aytiladi.
|
Moddaning o‘lchov birliklariga qarab, issiqlik Sig‘imi quyidagilarga bo‘linadi:
1. Issiqlik Sig‘imi massasi 1 kg bo‘lgan moddaga nisbatan olingan solishtirma massaviy issiqlik Sig‘imi
S =
2. Issiqlik Sig‘imi hajmi 1 m3 bo‘lgan moddaga nisbatan olingan solishtirma hajmiy issiqlik Sig‘imi
S =
3. Issiqlik Sig‘imi hajmi 1 mol bo‘lgan moddaga nisbatan olingan solishtirma molyar issiqlik Sig‘imi
S =
Qattiq va suyuq moddalardagiga nisbatan farqli bo‘lib gazsimon moddalarning issiqlik Sig‘imi jismning issiqlik olishi yoki berishidagi tashqi shart-sharoitga bog‘liq. Issiqlik texnikasida asosan izobarik Sr va izoxorik S issiqlik Sig‘imlari katta ahamiyatga ega. Gazni berk idishda (izoxorik) qizdirganimizda hajm o‘zgarmay bosim oshadi, tashqi ish bajarilmaydi. Izobarik qizdirganimizda tashqi kuchlarni engish ishi bajariladi. Bulardan kelib chiqqan xulosa shundan iboratki, ma’lum miqdordagi gazni bir darajaga qizdirish uchun izobarik jarayonda izoxorik jarayonga nisbatan ko‘proq issiqlik sarf bo‘ladi. Bu munosabat Mayer tenglamasida o‘z ifodasini topgan:
CR – C=R
Do'stlaringiz bilan baham: |