Tayanch iboralar.
1. Intermecco - italyancha so’z, "oraliqdagi", "o’rtadagi" degan ma’noni bildiradi. Fortepiano uchun yoziladigan kichik pesa. Birinchi marta kompozitor R.Shuman ijodida paydo bo’ldi.
2. Kaprichcho - italyancha so’z, "o’jarlik" degan ma’noni bildiradi. Turli davrlarda turli xarakterga ega bo’lgan cholg’u asarlarining umumiy nomi. XIX - asrda fortepiano uchun yozilgan pesa.
3. Aranjirovka – frantsuzcha so’z, «tartibga solish» degan ma’noni bildiradi. Musiqa asarini boshqa sozlar ijrosi uchun moslash yoki shu sozda engilroq tarzda ijro etish uchun yozib chiqish.
Nazorat savollari.
1. Kompozitor Bramsning xalq musiqasiga munosabati qanaqa edi?
2. Bramsning dasturli musiqa haqidagi fikri qanaqa edi?
3. Bramsning "Venger raqslari"ni yaratishiga nima sabab bo’lgan?
Topshiriqlar.
1. Ma’ruza asosida konspekt yozing.
2. 1-, va 5-sonli venger raqslari kuylarini yodlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |