Tayanch iboralar:
Simfonik poema – bir qismli aniq dasturga ega bo’lgan simfonik asar.
Transkripciya – (lotincha ko’chirib yozish) biron asarni boshqa cholg’u sozi ijrosi uchun qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan yangi asar. Yoki shu cholg’uning o’zida yanada mahoratli ijro etish uchun o’zgartirib yoziladigan asar.
Parafraza – (grekcha so’zlab berish, hikoya qilish) fortepiano uchun yoziladigan kontsert asari, biror mashhur qo’shiq, kuy, yoki opera ariyasini qayta ishlash natijasida yaratiladi.
Nazorat savollari:
List ijodida birinchi marta paydo bo’lgan yangi janrlardagi asarlarni sanab bering.
List va Berliozning simfonik ijodida qanday umumiylik bor?
Nima uchun Listni «Milliy kompozitor» deb ataydilar?
Topshiriqlar:
Darslikdan F. List hayoti va ijodiga bag’ishlangan mavzuni o’qib chiqing.
Listning asosiy asarlari ro’yxatini yodga oling.
Adabiyotlar:
B. Levik. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran.
M 1975 g.
M. Druskin. Istoriya zarubejnoy muziki. M 1968 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |