Tayanch iboralar.
Rondo - italyancha, frantsuzcha so’z "doira" degan ma’noni bildiradi. 1.Musiqiy asar, kuyning nomi. 2.Musiqiy shakl. Unda o’zgarmas musiqiy mavzu - refren kamida uch marta takrorlanadi. Ular orasida esa bir-biridan farqli epizodlar keladi. Rondo shaklining sxemasi - AVASADA, A-refren, V, S, D-epizodlar.
Variaciyalar - Musiqiy shakl. Bu shaklda bir musiqiy mavzu beriladi va shu mavzu bir necha marta o’zgartirilib, qayta ishlanib takrorlanadi. Shu takrorlashlar variaciyalar deb ataladi. Bir mavzuga 3, 4, 5 va undan ortiq variaciyalar yozilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |