Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Mavzu: Kompozitor Gektor Berlioz


Download 443 Kb.
bet82/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Mavzu: Kompozitor Gektor Berlioz

(1803-1869)

Rejasi
1. G. Berlioz ijodiga xarakteristika.

2. Programmali (dasturli) simfonizm.


Bayoni:
Gektor Berlioz XIX asrda yashab ijod qilgan mashhur frantsuz kompozitoridir. Uning ijodi musiqa san’atining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan. Berlioz kompozitor bo’lishi bilan birga juda kuchli dirijyor, iste’dodli yozuvchi va musiqiy tanqidchi ham edi. Uning musiqiy ijodi romantizm oqimiga mansub. U musiqa san’ati tarixida birinchi bo’lib aniq dastur asosida simfoniya asarini yaratdi. Shuning uchun uni dasturli simfonizmning asoschisi deb atashadi. Berlioz turli janrlarda asarlar yozgan. Ayniqsa simfoniya va opera janrlariga katta e’tibor bergan. Kompozitorning har bir asarida romantizm oqimiga xos bo’lgan xususiyatlarni uchratish mumkin. Bu asarlarda insonning ichki dunyosi musiqa vositasida mahorat bilan tasvirlab berilgan.

Berlioz o’z davrining eng yirik dirijyorlaridan biri bo’lgani uchun orkestrning ijro xususiyatlarini juda chuqur bilgan. Bu narsa uning simfonik asarlarida aniq kurinib turadi. Ularda Betxovenning ta’siri aniq sezilib turadi.

Musiqiy tanqidchi sifatida Berlioz juda ko’p maqolalar, taqrizlar, feletonlar yozgan. O’sha davr Franciya musiqiy hayoti, zamondosh kompozitorlar ijodi haqida Berliozning shu asarlariga qarab xulosa chiqarish mumkin.

Yozuvchi sifatida Berliozning "Esdaliklar" nomli asari mashhur. Bu asarda kompozitor o’z hayotini tasvirlagan. Kompozitor sifatida Berlioz yaratgan asosiy asarlar quyidagilardir: "Fantastik simfoniya", "Zafar va motam" nomli simfoniya, "Romeo va Juletta" nomli simfoniya, "Garold Italiyada" nomli simfoniya, "Troya halokati" nomli uchta opera (trilogiya).

Yuqorida nomi keltirilgan simfoniyalar so’z bilan ifodalangan dasturga ega. Dasturli musiqa asarlari ma’lumki uzoq o’tmishda paydo bo’lgan.

Nomi va dasturi yo’q asarni har bir tinglovchi har xil tushunadi. Kompozitorlar hamma tinglovchilar asarni bir xilda to’g’ri tushunishlari va tasavvurlari bir xil bo’lishi uchun asarlarga nom berganlar va so’z orqali dasturni izohlaganlar yoki epigraflar tanlaganlar. Dastur e’lon qilinganda barcha tinglovchilarning fikri bir xil bo’ladi va musiqadan o’sha tasvirlangan narsani ilg’ab olishga harakat qiladi. Demak, dastur tinglovchiga musiqa asarini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Kompozitorlar orasida Berlioz birinchi bo’lib simfoniya kabi yirik asarni dastur asosida yozdi. U yaratgan "Fantastik simfoniya" aniq dastur asosida yaratilgan birinchi simfoniyadir.




Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling