Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Muloo’otning kommunikativ tomoni


Download 0.95 Mb.
bet62/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

Muloo’otning kommunikativ tomoni (ya’ni muloo’otga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).

  • Muloo’otning interaktiv tomoni (ya’ni muloo’otga kirshishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayonlari).

  • Muloo’otning pertseptiv tomoni (ya’ni muloo’otga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushinishlari bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixologik jarayon).

    Bu strukturaning har bir tomonini batavsil ko’rib chiqamiz.
    Ko’pgina olimlar muloo’otning inson hayotidagi ahamiyatiga to’xtalib o’tar ekanlar, uning qator vazifalari, funktsiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funktsiyalariga quyidagilarni kiritdi: a) ma’lumotlar almashinuvi funktsiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv; v) hissiyotlar almashinuvi. Bu funktsiyalar aslida G.M. Andreeva ajratgan muloo’ot qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloo’ot jarayonida Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin.
    Munozarali savol: Muloo’ot turlari qaysilar?
    Diqqat qiling:
    Muloo’otning hayotimizdagi shakl va ko’rinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o’sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko’rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda, har qanday muloo’ot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo’ladi. agar rasmiy muloo’ot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o’z qo’l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloo’oti, professorning talaba bilan muloo’oti va ‘okazo, norasmiy muloo’ot-bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o’sha suxbatdoshlarning fikr-o’ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do’stlar suhbati, poezdda uzoq safarga chiqqan yo’lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloo’ot doimo odamlarning hayotida ko’proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloo’otga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko’ngilligi, suxbatlashish yo’llarini bilish, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloo’otning samarasiga bevosita ta’sir ko’ratadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloo’ot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.

    Download 0.95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling