Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги
Download 0.95 Mb.
|
Умумий пс-я факультетлараро
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munozarali savol. Iroda nima E’tibor qiling! Iroda
Munozarali savol. Irodaviy harakatlar nima?
E’tibor qiling! Irodaviy harakatlar oldindan mo’ljallangan harakatning barcha eng muhim belgilarini saqlab qolgan holda, qiyinchiliklarni bartaraf etishni zarur shart sifatida o’z ichiga oladi. U yoki bu ataylab qilingan harakat qiyinchilikni engishda qatnashdimi yoki yhqmi ekanligiga qarab, irodaviy harakatlar bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin.
E’tibor qiling! Iroda — bu kishining oldiga qo’yilgan maqsad- larga erishishda qiyinchiliklarni engib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir. Iroda — bu shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. Kishining o’z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarga va sharoitlarga qayd qilib qo’yish, yoki, aksincha, ularni shaxsiy kuch-g’ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni l o k a l lashtirish deyiladi. Tavakkalchilik — bu sub’ekt uchun uning cheki noma’lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo’ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og’riq ta’sirini o’tkazish, travma, obrhni yo’qotish va shu kabi) hakidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday xolatdagi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg’unlashtirilishi bilan belgilanadi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o’zaro mustahkam bog’langan lekin bir-biriga to’la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi. Bu, birinchidan, individning ehtiyojlarini qondirish bilan boliq bo’lgan faoliyatga undovchi sifatida namoyon bo’luvchi motiv sifatidagi motivlashtirishdir. Bu xolda motivlashtirish faollik holati umuman n i m a uchun paydo bo’lishini, sub’ektni faoliyat ko’rsatishga qanday ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi. Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini nima uchun qandaydir boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlanganligini izohlab beradi. Bu erda motivlar xulq-atvor yo’nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo’nalishini tashkil etadi. Shunday qilib, ehtiyojlar bir xil harakatlarning bajarilishini belgilaydigan va boshqalarining bajarilishiga halaqit beradigan har xil motiv (sabab) larga aylanadi. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko’pmi darajada anglanilgan xarakterda bo’ladi.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling