Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi


O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi


Download 0.53 Mb.
bet18/45
Sana17.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1206395
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

2.5.2. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi

Oddiy ozgarmas tok mashinasining sxematik korinishi 31-rasmda korsatilgan. Ozgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qozgalmas qismi stator va aylanadigan qismi yakordan iborat. Stator oz navbatida yarmodan, asosiy qutb ozagidan, qozgatish cholgamidan, qoshimcha qutblardan, qoshimcha qutb cholgamlardan va boshqa konstruktiv elementlardan iborat.


Ozgarmas tok mashinalarining asosiy qutblarini magnit ozagi asosan qalinligi 0,5 1 mm bo’lgan elektrotexnik polatdan yigiladi ba’zi hollarda konstruktiv polatlardan рam tayyorlanishi mumkin.
Elektr mashinalarning magnit ozaklari issiq holda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq polatlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarning magnit ozaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali polatlar keng qollanilmoqda.


2.4-rasm. Oddiy o‘zgarmas tok mashinasi 1) asosiy qutb o‘zaklari; 2) yakor; 3) kollektor plastinalari; 4) cho‘tkalar


Elektr mashinalarning magnit ozaklaridagi induksiya asosan 1,2-1,5 Tl, issiq holda juvalangan polatlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit ozagi sovuq holda juvalangan polatdan tayyorlangan magnit ozaklarda induksiya 1,0-1,5 Tl ni tashkil etadi.
Magnit oqimi stasionar rejimlarda ozgarmasdan qolganli-gi sababli ozgarmas tok mashina-larida asosiy qutb magnit ozak-larining tunukalari birbiridan laklar bilan himoya qilinmaydi.
Katta quvvatli ozgarmas tok mashinalarining otish jarayonlari-ni yaxshilash maqsadida asosiy qutb ozagining havo boshligga yaqin qismida pazlar rezalanib, bu pazlarga kompensasiyalovchi cholgam seksiyalari joylashtiriladi. Bu sek-siyalar ozaro ketma-ket ulanib, chotkalar orqali yakor cholgami bilan ham ketma-ket ulanadi. Qoshimcha qutb ozaklari yaxlit ozakdan tayyorlanadi va ikkita asosiy ozaklar ortasiga joylashtiriladi. Qoshimcha qutb cholgamlari kommutasiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, shuning uchun kompensasiyalovchi cholgamlarga oxshash yakor cholgami bilan ketma-ket ulanadi. Ozgarmas tok mashinalarining qozatish cholgamlari misdan tayyorlanib, asosiy qutb ozaklariga ornatiladi, yaxshiroq sovutish uchun cholgamni bir necha qismlarga bolinib, qismlar orasida sovutish kanallari hosil qilinadi. Ozgarmas tok mashinasining qozgatish cholgami yordamida asosiy magnit oqim hosil qilinadi.
Ozgarmas tok mashinasining yakori qyidagi elementlardan: valdan, magnit ozakdan, kollektordan, cholgamdan va boshqa yordamchi elementlardan iborat. Ozgarmas tok mashinasining vali konstruktiv polatdan tayyorlanadi. Yakorning magnit ozagi qalinligi 0,350,5mm bolgan elektrotexnik polat tunukalaridan yigladi, tunukalar bir-biridan maxsus izolyasiyalovchi laklar bilan qoplanadi, lakning qalinligi yakorning kuchlanishiga bogliq. Yakorning magnit ozagini yaxshiroq sovutish maqsadida yakorning oq boyicha magnit ozak alohida paketlarga bolinadi Magnit ozakning orta qismini sovutish qiyin bolganligi uchun ozakning ortasida joylashgan paketlarni olchami kichik boladi. Yakorning paketlarga bo’lingan magnit ozagini sovutish uchun radial va aksial sovutish kanallaridan foydalaniladi. Bu kanallarning kengligi 10 mm gacha boladi. Yakorning cholgamlari misdan tayyorlanadi. Chogamlarni tayyorlash uchun cholgamning yoyilgan sxemasi chiziladi, galtaklarning boshi va oxiri kollektor tunukalariga ulanadi. Kollektor ozgarmas tok mashinalarida mexanik togrilagich vazifasini bajaradi.
Ozgarmas tok mashinalarida kollektor misdan tayyorlangan alohida kollektor tunukalaridan yigiladi, songra valga ornatiladi. Kollektor tunukalari orqali ozgarmas tok generatorlaridan elektr quvvat iste’molchilarga elektr chotkalar orqali uzatiladi, dvigatel rejimida esa chotkalar orqali yakor cholgamiga elektr quvvati keltiriladi. Yakorning valiga ozgarmas tok mashinalarining sovutish sistemasini yaxshilash maqsadida havo purkagichi (ventilyator) ornatiladi. Katta quvvatli ozgarmas tok mashinalarida podshipniklar alohida shitlarga ornatiladi. Katta quvvatli ozgarmas tok mashinalarida magnit ozak segmentlar korinishidagi elektrotexnik tunukalaridan yigilishi mumkin. Ozgarmas tok mashinalarning yarmosi uning korpusi ham bolib hisoblanadi. Mashinaning yarmosi asosan konstruktiv polatdan tayyorlanadi, ba’zi hollarda yarmoni tayyorlash uchun choyan ham ishlatiladi.
Ozgarmas tok mashinalarida, shuningdek, chotkalar ornatiladigan chotka ushlagichlardan foydalaniladi. Chotkalarni kollektor yuzasiga tegib turishini ta’minlash uchun polat prujinalar qollanadi. Kollektorning yuzasi chotkaning sirpanishi va chotka bilan kollektor orasidagi ba’zi hollarda hosil boladigan uchqunlar ta’sirida tez yemiriladi, yemirilgan kollektorni maxsus tekkislash stanoklarida tekislanadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling