Щзбекистон республикаси
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
Yo„ldagi hisobiy tezlik Avtomobil harakat oqimining yana bir xarakteristikasi deb, harakat tezligini ko„rsatish mumkin. Harakat jadalligi kam bo„lgan uchastkalarda avtomobillar o„zlarining dinamik xususiyatlarini yaxshi amalga oshira oladilar. Harakat jadalligi oshishi bilan, avtomobillarning bir-biriga ta‟siri sezila boshlaydi. Bu ta‟sir 73 natijasida avtomobillar oqimining o„rtacha tezligi paydo bo„ladi. Avtomobil yo„llarini geometrik o„lchamlarini belgilashda asosiy ko„rsatkich bu hisobiy tezlik hisoblanadi. Hisobiy tezlik deb yakka avtomobilning (xavfsiz va ustivorlik sharti bo„yicha) ob-havoning muqim sharoitida, avtomobil shinasining yo„l qatnov qismi yuzasi bilan me‟yoriy tishlashish holatida, yo„lning eng noqulay bo„laklarida mumkin bo„lgan eng katta tezlikdagi harakatiga aytiladi. Yo„l elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat tezligini yo„lning toifasidan kelib chiqib belgilanadi 8.3-jadval. 8.3-jadval Yo„lning toifasi Hisobiy tezlik, km/soat asosiylari joyning murakkab qismi uchun: past-baland tog‟li I a 150 120 80 I b 120 100 60 II 120 100 60 III 100 80 50 IV 80 60 40 V 60 40 30 Avtomobil yo„lini jihozlash elementlari Yo„llarni jihozlash deganda yashil ekinlarni ekish, piyodalar va velosiped yo„lakchalarini, dam olish va kuzatish maydonchalarini, avtomobillar to„xtash maydonchalarini qurish, shamolga qarshi qurilmalarni yaratish, reklama taxtalarini qurish tushuniladi. Yashil ekinlar qorni va qumni tutib qolish, manzara berish va hududni namligini saqlash hamda soya berish uchun qo„llaniladi. Yashil ekinlar butzor to„siqlar, daraxt tasmalari, yo„l bo„yi mevali bog‟lar ko„rinishida bo„ladi. Avtomobillar va avtobuslar haydovchilari bir necha soat ishlaganidan keyin qisqa muddatli dam olishlari juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun aholi 74 yashamaydigan joylarda, daraxtzorlar ichida, daryo va ko„llar bo„yida dam olish maydonchalari quriladi. Kuchli shamol esadigan tumanlarda yo„llarda shamolga qarshi qurilmalarni qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kuchli shamollar 100 km/soat va undan katta tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobillarda halokat chiqarishi mumkin. Avtomobillar harakat miqdorini va tezligini oshishi qatnov qismini va yo„l yoqasini xavfsizlik tasmalari, toshtaxtalar, g‟ildirak qaytaruvchi bruslar, chetki tasmalar va boshqalar bilan jihozlashni talab qiladi. Chetki tasmalar qatnov qismi qirg‟og‟ini ko„rsatadi va chetki harakat tasmasini biroz kengaytiradi. Chetki tasma yo„l qoplamasi qirg‟og‟ini mustaxkamlashi zarur, hamda undan rangi bilan farqlanishi va yo„l qoplamasidan yo„l yoqasiga o„tishga xizmat qilishi lozim. Chetki tasma kengligi 0,5...0,75 m ni tashkil qiladi. Avtomobilning tasodifiy ravishda namlangan tuproqli yo„l yoqasiga chiqib ketishi yo„l-transport hodisasiga olib keladi. Bundan qochish uchun yo„l yoqasini mustaxkamlash zarur. Yo„l harakati xavfsizligini ta‟minlash maqsadida yo„l belgilari, xavfsizlik bordyurlari, to„siqlar, ishora yo„naltiruvchi ustunchalar o„rnatiladi va yo„l qoplamasiga yo„l belgi chiziqlari tushiriladi. Avtomobil yo„llarini yoritish alohida chora-tadbir hisoblanadi. Yo„lni yoritish yo„l-transport hodisalari sonini keskin kamaytiradi. Hozirgi sharoitda yuqori harakat miqdori bo„lganda yo„llarni ekspluatatsiya qilishni takomillashtirish faqatgina yo„l harakatini boshqarish va izga solish tizimini yaratish bilan bo„lishi mumkin. Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda harakat to„g‟risida ma‟lumot yig‟ish, yo„l tarmog‟ida yoki yo„lning ayrim bo„laklarida transport oqimini boshqarish, unga optimal harakat rejimini kiritish imkoniyati mavjuddir. Yo„llarni, yo„l inshootlarini o„z vaqtida va to„g‟ri ta‟mirlash, saqlash ishlarini olib borish, yo„l harakatini boshqarish va izga solishni tashkil qilish uchun yo„l sharoitini aniq bilish zarurdir. Buning uchun yo„l tashkilotlari meteorologik, 75 ko„chkiga qarshi va boshqa stantsiyalar tashkil qilishi, harakat tezligini va miqdorini, yo„l qoplamasi emirilishini, qatnov qismi ravonligini aniqlashi, yo„l poyi namlik-issiqlik rejimini baholashi, yaxmalak, tuman va boshqalar haqida ogohlantirishi lozim. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling