Щзбекистон республикаси


 “Buyuk ipak yo„li” ning hozirgi o„rni


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

1.4. “Buyuk ipak yo„li” ning hozirgi o„rni 
 
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan transport yo„laklarini rivojlantirishga 
katta e‟tibor qaratilmoqda. Bu borada Evropa xamjamiyatining TASIS dasturi 
asosida tuzilgan TRASEKA loyihasini O„zbekistonda qo„llab quvvatlanishi bunga 
misol bo„ladi. Keyingi yillarda Buyuk Ipak Yo„lini tiklash, masalasida 
Respublikamizda bir qator ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 22.04.2009 yildagi PQ-1103 sonli “2009-2014 
yillarda O„zbek milliy magistrallarini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish chora-
tadbirlari to„g‟risida”gi qaroriga muvofiq respublikada milliy magistrallarni barpo 
qilinishi, E40 Evropa avtomagistrallari tarmog‟iga ulanadigan avtomobil 
magistrallarini qurilishi, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.03.2015 
yildagi PQ-2313 sonli “2015-2019 yillarda muhandislik kommunikasiya va yo„l 
transport infratuzilmani rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” 
gi qarorlar bunga misol bo„ladi.
Quyidagi 1.3-rasmda respublika hududidagi aloqa yo„llari keltirilgan bo„lib, 
bunda Andijon, Farg‟ona, Qo„qon, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, 
Urgench, Nukus, Qo„ng‟irot shaharlarini bog‟lovchi, Samarqand, Qarshi, G‟uzor 


15 
va Termiz shaharlarini bog‟lovchi avtomobil yo„llari “Buyuk ipak yo„li”ning 
hozirgi o„rnini tashkil qiladi.
1.3-rasm. O„zbekiston Respublikasi aloqa yo„llari xaritasi 
 
1.5. Tranzit harakat yo„nalishlari 
 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi rivojlanish ko„rsatkichlari
eng yuqori bulgan va Buyuk Ipak Yo„lida joylashgan mamlakat hisoblanadi. 
Qadimda ham, xorijiy mamlakatlar savdo karvonlari yurtimiz orqali o„tib, Osiyo 
va Evropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirgan. Bugungi 
kunda ham xorijiy yuk tashuvchi avtotransportlar Respublikamiz hududidan yuk 
olib o„tib, dunyo bozorlariga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 
yanvar 11-sonli qaroriga asosan quyidagi 13 ta yo„nalishdagi avtomobil yo„llari 
xorijiy avtotransport vositalarining tranzit yuklarini Respublika hududidan olib 
o„tishini ta‟minlaydi. Bu quyidagi yo„nalishlardir:
- "Turkmaniston chegarasi-Olot-G‟isht ko„prik-Qozog‟iston chegarasi"; 
- "Turkmaniston chegarasi-Olot-Bekobod-Tojikiston chegarasi"; 


16 
- "Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Olot-Turkmaniston chegarasi";
- "Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - G‟isht ko„prik - Qozog‟iston chegarasi";
- "Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Bekobod-Tojikiston chegarasi"; 
- "Qozog‟iston chegarasi - G‟isht ko„prik-Bekobod-Tojikiston chegarasi";
- "Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Uzun-Tojikiston chegarasi"; 
- "Qozog‟iston chegarasi-G‟isht ko„prik-Uzun-Tojikiston chegarasi";
- "Tojikiston chegarasi-Bekobod-Uzun-Tojikiston chegarasi";
- "Tojikiston chegarasi - Andarxon posti (Farg‟ona vil.) - Andijon - Qirgiziston 
chegarasi";
- "Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - Samarqand - Tojikiston chegarasi";
- "Turkmaniston chegarasi-Olot-Samarqand-Tojikiston chegarasi"; 
- "Turkmaniston chegarasi - Nukus shahri - Buxoro shahri - Turkmaniston 
chegarasi". 
Bu yo„nalishlar xalqaro axamiyatga ega bo„lgan M-37, M-39, M-41,
A-337, A-373, A-376, A-377, A-378, A-380 va Respublika ahamiyatidagi 4R1, 
4R20, 4R45, 4R103 avtomobil yo„llari asosida hosil bo„ladi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling