Щзбекистон республикаси


 Temir yo„llarning ko„ndalang kesimi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

 
2.3. Temir yo„llarning ko„ndalang kesimi 
Temir yo„l - yo„l poyiga chaqiq tosh, shag‟al, yoki qum yotqizilgan bo„lib, 
uning ustiga temir beton va unga pulat relslar o„rnatiladi, yoki yog‟och shpallar va 
unga maxsus maxkamlovchi elementlar bilan po„lat relslar maxkamlangan qurilma 
o„rnatiladi 2.2-rasm. 
Dunyodagi turli mamlakatlarda temir yo„llar xar xil iz oralig‟iga ega: 
me‟yoriy, keng, o„rtacha, tor (1656-1520-1000-900). Evropada me‟yoriy turdagi iz 
oralig‟i 1435 mm ni tashkil qiladi. MDH davlatlarida va Finlandiyada iz oralig‟i 
temir yo„ldan foydalanish texnik qoidalariga asosan 1520 mm teng. Stefenson iz 
oralig‟ini Evropa mamlakatlari, Kanada, AQSH, Meksika, Turkiya, Eron va 


22 
Shimoliy Afrika mamlakatlari qo„llaganlar. Harakat xavfsizligi talbalariga binoan 
temir yo„ldagi ko„prik va tunnellarni, yuk va yo„lovchi platformalarini qurishda 
ularning temir yo„l izlariga yaqinlashish oraliqlariga alohida talab quyiladi. 
2.2-rasm. Temir yo„l poyining ko„ndalang kesimi. 
1 - yo„l poyi (er tushamasi), 2 - balpasst prizma, 3 – shpal, 4 - pulat rels. 
Temir yo„llar tarkibidagi yuk va yo„lovchi bekatlari GOST talabiga binoan 
harakatlanuvchi tarkiblarning gabarit hajmlari balandligi (ortilgan yuklarni hisobga 
olganda) 4280-5300 mm va eni 3150-3600 mm dan oshmasligi belgilangan. 
Asosiy temir yo„llardagi qurilmalar balandligi 6400 mm dan va eni 4960 
mm dan kam bo„lmasligi kerak. Zamonaviy magistral temir yo„ldagi sun‟iy 
inshootlar va har bir pogonometr izlarga to„g‟ri keluvchi maksimal og‟irlik 80 N 
va qo„sh g‟ildirakli yuk vagonlari o„qiga tushuvchi maksimal og‟irlik 820 N, 
lokomotivlar xar bir o„qi uchun esa 230 N dan oshmasligi kerak. 
O„zbekistonda chet eldan keltirilgan maxsus “Vagon g‟ildiraklarini alohida 
holda sinovdan o„tkazish” uskunasi mutaxassislar tomonidan o„rnatildi. Mazkur 
qurilma yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar uchun moslashtirilgan bo„lib, 
g‟ildiraklarni oson va tez sinovdan o„tkazish imkonini beradi. Kompaniya 
mablag‟larini iqtisod qilish va o„z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, mazkur 
poezdlar uchun “PATENTES TALGO, S.L.” kompaniyasi mutaxassislari bilan 
hamkorlikda “Afrosiyob” lokomotivi telejkalarini sinovdan o„tkazish qurilmasi 
Andijon mexanika zavodida tayyorlandi. Sex uchun mo„ljallangan barcha texnik 
nazoratdan o„tkazish qurilmalari olib kelinib o„rnatildi va to„la quvvat bilan 


23 
ishlamoqda. Ayni damda Ukrainadan olib kelingan “Afrosiyob” poezdlari ustini 
yuvish uskunasi o„rnatilib, ishga tushirish ishlari olib borilayapti. “Afrosiyob” 
elektropoezdlari yuqori tezlikda harakatlangani bois ularning texnik va texnologik 
sozligi alohida ahamiyatga ega. Shu bois har kuni mazkur poezdlar reysga 
chiqishdan avval to„liq nazoratdan o„tkaziladi.
Ispaniyalik mutaxassislar bilan birgalikda “O„zbekiston” lokomotiv deposi 
muhandis-texnik xodimlari ham bu boradagi amaliy ko„nikmalarini oshirib 
borishyapti. Shu o„rinda aytib o„tish joizki, yuqori tezlikdagi poezdlarga xizmat 
ko„rsatuvchi 6 nafar muhandis ispan mutaxassislari bilan amaliy mashg‟ulotlarda 
muntazam qatnashib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o„tib, “Afrosiyob” poezdida 
faoliyat olib bormoqda. Mazkur poezdlarning mavjud elektropoezdlaridan bir qator 
afzalliklari bo„lib, poezd konstruktsiyasining engilligi evaziga kam energiya 
sarflanadi. Yuqori tezlanish, shuningdek, yuqori ishonchlilik, g‟ildiraklarni relsga 
nisbatan kam emirilishi, texnik xizmat ko„rsatishda xarajatlarni kamayishiga va 
ortiqcha sarf-xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ayni damda sexda ispan 
mutaxassislari bilan birga 20 nafar xodim xizmat qilib, poezdlar harakatini tashkil 
etishda 
muvaffaqiyatli 
ish 
olib 
bormoqda. 
Yo„lovchi 
tashishlarning 
komfortabelligini oshirish va ularni jahon standartlari darajasiga keltirish 
maqsadida 2004 yil 15 yanvarda "Uzjeldorpass" OAJ yuqori komfortabelli 
tezyurar yo„lovchi poezdi marshrutini tashkil qildi.
Registon Elektropoezdi oltita vagondan iborat bo„lib, yuqori tezlikda 
(avtomobil transportidan tezroq) yuradi, bu qisqa muddat ichida yo„lovchilarni 
Toshkentdan Samarqandga va Samarqandan Toshkentga etkazish imkonini beradi.
Vagonlar qulay o„rindiqlar, ajratilgan kupelar bilan jihozlangan. Har bir kupeda 
oltitadan yumshoq o„rindiq bor. 
2.3-rasmda Registon Elektropoezdining komfortabel vagonlari tasvirlangan. 


24 
2.3-rasm. Registon elektropoezdi. 
Vagon konstruktsiyasi yoritilganligi, ergonomikasi, mikroiqlimi, shovqini va 
vibratsiyasi bo„yicha sanitar me‟yor talablariga, yong‟in xavfsizligi talablariga 
to„liq javob beradi. Konstruktsiya germetikligi va silliqligining ortishi bir xil 
turdagi vagonlar sostavida yuqori tezlikda harakatlanishda havo qarshiligining 
kamayishini ta‟minlaydi. Yon devorlari va pol zanglamas po„lat listidan yasalgan 
bo„lib, bu kuzov tarasining massasini kamaytirish va ta‟mirlash-tiklash ishlarisiz 
xizmat muddatini oshirish imkonini beradi. Turbokompressorli (2400aylana/min) 
havoni sovutish qurilmasi mikroprotsessorli qurilma yordamida yilning issiq 
davrida havo haroratini +24 
o
C atrofida avtomat tarzda boshqarish imkonini beradi. 
Derazalarning yangi konstruktsiyasi, yangi issiqlik izolyatsiyasining qo„llanishi 
tovush yutilishini yanada yuqoriroq darajasini ta‟minlaydi va issiqlik o„tkazish 
koeffitsientini kamaytirish imkonini beradi, bu esa o„z navbatida elektroenergiyani 
tejash va komfortabellikni oshirshni ko„zda tutadi. Buzilmasdan ishlaydigan
ekologik toza berk tualet tizimlari ulardan harakatlanish vaqtida va bekatda turgan 
vaqtda foydalanish imkonini beradi.

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling