Щзбекистон республикаси
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
11.5. Yo„llarni yoritish
Transport vositalari va piyodalarni harakat xavfsizligini ta‟minlash uchun hamda tungi vaqtda yo„llarni o„tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun doimiy yoritish jihozlari ko„zda tutiladi. Ularni loyihalashda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: 148 - yoritish qurilmalarini turini va joylashtirish usulini tanlashda yo„llarni qatnov qismi o„rtacha yoritilganligiga va yo„l yoqasi va trotuarlarni o„rtacha gorizontal yoritilganligiga quyiladigan me‟yorlarga muvofiq yoritilganligini ta‟minlash: yorug‟likni ravon ta‟minlanganligini, ko„z qamashish ko„rsatkichi; - xavfli mintaqalarni (tutashish va kesishishlar, yo„llarni torayishi, avtobus bekatlarida piyodalar o„tish joyi) joylanishini aniqlash va chiroq yorug‟lik manbaini o„zgartirish, chiroq va ustunlarni joylashishi, xavfli mintaqada qatnov qismini yoritilganligini oshirish hisobiga ularni belgilab qo„yish; - yo„lning xavfli va murakkab bo„laklari oldidan yoritilganlikni to„satdan o„zgarishiga va yoritilgan va yoritilmagan bo„laklarni almashib borishiga ruxsat etilmaydi; - yo„lning yoritilgan va yoritilmagan bo„laklarida qatnov qismini yorug‟ligini bir tekis kamayishiga erishish bunda 150-250 m masofada o„tish mintaqasini qurish. Avtomobil yo„llarida doimiy yoritishni quyidagi hollarda nazarda tutish kerak: - aholi yashash joylarida; - I toifali avtomobil yo„llarida harakat miqdori 20 ming avt/sutkadan birinchi besh yil ichida oshib ketsa; - o„rta va katta ko„priklarda; - harakatga kompleks xizmat ko„rsatish mintaqalarida avtomobillarga yoqilg‟i quyish shahobchalarida; - I va II toifali yo„llarni bir va har xil satxda kesishish joylarida, shu kabi barcha har xil satxdagi kesishishlarda va ularga kirishda tezlashish- sekinlashish tasmalari boshlanishidan kamida 250 m masofada; - temir yo„l perezdlarida; 149 - I va II toifali avtomobil yo„llari transport tonnellarida va ularga yaqinlashishda tonnel boshidan 150 m dan kam bo„lmagan masofada; - piyodalar tonellarida zinali chiqish va ular oldidagi maydonchalarda; - I - III toifali yo„llarda yo„l o„tkazgich ostida, agarda uning tagidan o„tish uzunligi 30 m dan oshsa; - avtobus bekatlarida, er osti piyodalar o„tish yo„laklarida, klublar, kinoteatrlar va aholi yashash joylaridagi piyodalar to„planadigan joylar yaqinidan o„tgan yo„llarda yo„l-transport hodisalari sodir bo„lgan mintaqalarda. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling