Sianli eritmalardan oltinni sorbsiya usulida ajratish


Download 0.68 Mb.
bet1/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1035888
  1   2   3   4   5   6   7   8

Sianli eritmalardan oltinni sorbsiya usulida ajratish

Reja:


1. Sоrbsiya usulidа ajratish


2. Iоn аlmаshgich smоlаlаrning хоssаlаri

3. Iоnitning rеgеnеrаsiyasi

4. Oltinni tiоmоchеvinаli eritmаlаrdаn аjrаtish


5. Faollangan koʻmir yordamida sorbsiyalash

Hozirgi vaqtda oltintarkibli rudalarni qayta ishlashda oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalarda rudalarning fizik-kimyoviy va mineralogik tarkibi, nodir metallarning rudada joylashish oʻrniga va texnik-iqtisodiy sharoitlarga koʻra bir necha jarayonlarni oʻz ichiga olgan birlashtirilgan boyitish, gidrometallurgik va pirometallurgik jarayonlar qoʻllaniladi.


Ruda va boyitmalardan mayin oltin zarralarini gidrometallurgik usulda sianlash jarayonlari keng qoʻllaniladi, bunda mayda boʻlakli zarra va qumlarni aralashtirish usuli bilan tanlab eritish jarayonlari, mayin yanchilgan mahsulotlarni agitatsiya va aralashtirish yoʻli bilan birlashtirib tanlab eritish olib boriladi. Zamonaviy amaliyotda koʻpincha aralashtirishli eritish amalga oshirilib, olingan mahsulot suyuq va quyuq fazaga ajratiladi, soʻngra esa oltinli eritma rux kukuni yordamida choʻktirishga yuboriladi. Boʻtanani suyuq va qattiq fazaga ajratish jarayoni filtratsiya toʻxtovsiz qarama-qarshi oqimli quyultirgichlarda dekantatsiyalash yoki Shu usullarnining birlashmasidan iborat.
Sian eritmalaridan oltinni ajratib olish usullari, ya’ni filtrlabdekantatsiyalash va rux yordamida choʻktirish bir qancha kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Kamchiliklar quyidagilardan iborat: 1) oltin va kumushni uning birikmalaridan toʻliq ajratib olib boʻlmasligi; 2) yomon filtrlanadigan va quyultiriladigan rudalarni qayta ishlashning qiynligi; 3) yuqori energiya sarf boʻladigan va qimmatbaho filtr dastgohlarining ishlatilishi; 4) past sifatli mahsulot olinishi; 5) oltin va kumushni rux bilan choʻktirish jarayonida qoʻshimcha metallar mis, mishyak, surma minerallarining jarayonni qiyinlashtirishi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida hozirgi vaqtda sorbsiyali sianlash keng qoʻllanilib kelinmoqda. Jarayon oltin va kumushni tanlab eritishga va eritmaga yuklangan sorbentga yuttirishga (sorbsiya) asoslangan. Jarayonning asosiy qulay tomoni filtrlash va qaramaqarshi yoʻnalishdagi dekantatsiya jarayonining ishlatilmasligi va bu esa oʻz navbatida qiyin filtrlanadigan rudalarni qayta ishlash imkonini berishidan dalolat beradi. Jarayonning yana bir qulay tomoni ruda tarkibidagi tabiiy sorbentlarning faolligi boʻtanaga qoʻshilgan kuchli sorbentlar yordamida pasaytiriladi va bu oltin hamda kumush ajratib olish darajasini oshiradi.
Sorbsiya jarayonida 2 hil yig’uvchi (sorbent) ishlatilishi mumkin:
1) sun’iy ionalmashinuvchi qatronlar(smolalar) – ionitlar;
2) faollangan(aktivlangan) koʻmir.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling