“Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi” kafedrasi «Sifat menejmenti tizimi» fanidan


 Raqobatchilikda korxona muvaffaqqiyati asosiy omillari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1545514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
2.3 Raqobatchilikda korxona muvaffaqqiyati asosiy omillari . 
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga tubdan boshqacha 
talablami qo'yadi. Bu hozirgi vaqtda har qanday firmaning yashab qolishi, tovar va xizmatlar 
bozoridagi barqaror holati uning raqobatbardoshlik darajasiga ko‘ra belgilanishi bilan 
bog'liq. O'z navbatida, raqobatbardoshlik ikkita ko'rsatkich - mahsulot narxining darajasi va 
sifatining darajasiga bog'liq bo'lib, bunda ikkinchi ko'rsatkich o'z ahamiyatiga ko'ra mehnat 
unumdorligi, resurslaming barcha turlarini tejash ko'rsatkichlaridan o'zib ketib, asta-sekin 
birinchi o'ringa chiqmoqda. Sifat raqobatbardoshlik omili sifatida butun milliy iqtisodiyotga 
tarqaladi. U resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulot 
sifati - bu korxona faoliyatining muhim ko'rsatkichi. Mahsulot sifatini oshirish - jahondagi 
barcha yetakchi firmalar uchun xos bo'lgan ish yo'nalishidir. Raqobatbardoshlik - raqobatga 
bardosh berish, unga qarshi tura olish qobiliyati. Bunda “raqobatbardoshlik” tushunchasi 
ham tovarlar (xizmatlar), ham korxonalar, firmalar va boshqa tashkilotlarga nisbatan 
qo'llaniladi. 1. Ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi - bu uninham mahsulotning sifat 
tavsiflariga, ham boshqa ishlab chiqaruvchi-raqobatchilarga nisbatan olib boradigan aniq 
maqsadga yo'naltirilgan faoliyati hisobiga sotish bozorlarini saqlab qolish va kengaytirish 
qobiliyati. Yangi sotish bozorlariga chiqish, tashkiliy tuzilmani qayta tuzish, 
modifikatsiyalash va mahsulotning yangi 13 turlarini o‘zlashtirish, uni ishlab chiqarish 
hajmlarini o'zgartirish, asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalarini almashtirish, xo‘jalik 
aloqalarini va marketing siyosatini o‘zgartirish bilan bog‘liq barcha yechimlar korxonaning 
raqobatbardoshligini ta’minlashga bo‘ysundirilgan. Tovar va korxonaning 
raqobatbardoshligi toifalari o‘zaro uzyiy bog‘liq bo‘lishi bilan birga, muhim farqlarga ham 
egadir: I 1) mahsulotning raqobatbardoshligi tovaming hayot sikliga mos vaqt oralig‘ida 
baholanadi va tadqiq etiladi, korxona raqobatbardoshligini tadqiq etish asosida esa korxona 
faoliyat ko‘rsatib turadigan davrga mos bo‘lgan ancha uzoq vaqt yotadi; 2) mahsulotning 
raqobatbardoshligi uning har bir turiga nisbatan ко‘rib chiqiladi, korxona raqobatbardoshligi 
esa ishlab chiqariladigan mahsulotning barcha o‘zgaruvchi nomenklaturasilii va uning ishlab 
chiqarish-texnik salohiyatini qamrab oladi; / 3) korxonaning raqobatbardoshlik darajasi 


19 
uning o‘zi tbmonidan tahlil qilinadi, tovaming raqobatbardoshligini baholash esa 
iste’molchining alohida huquqi. 0 ‘z strukturasiga ko‘ra korxonaning raqobatbardoshligi 
mahsulotning raqobatbardoshligidan ancha murakkab, chunki uning obyekti - korxonaning 
butun ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyati. 2. Tovarning raqobatbardoshligi - bu lining nisbiy 
tavsibo‘lib, ushbu tovaming raqobatchi tovaridan, birinchidan, aynan bitta ijtimoiy ehtiyojga 
mosligi bo‘yicha, ikkinchidan esa ushbu ehtiyojni qondirish xarajatlari bo‘yicha farqlarini 
aks ettiradi. Tovarning raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarning uchta guruhi bilan tavsiflanadi: 
• foydaliligi (sifati, foydalanish samarasi va h.k.); • iste’molchining ehtiyojlarini ushbu 
buyum vositasida qondirishda iste’molchining xarajatlari (sotib olish, foydalanish, texnik 
xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, utillashtirish va h.k.); • taklifhing raqobatbardoshligi 
(mahsulotni bozorga chiqarish usuli, yetkazib berish va to‘lov shartlari, sotish kanallari, 
servis xizmati va h.k.). Mahsulotning raqobatbardoshlik parametrlari me’yoriy (tovaming 
standartlar, texnikaviy shartlar, qonunchilikka 14 muvofiqligi), texnik (tovaming qo‘llanish 
sohasi, ishonchliligi, uzoq muddat xizmat qilishi, quwati va boshqalarni belgilab beruvchi 
texnologik xossalari), iqtisodiy (iste’molchining tovami sotib olish, ishlatish va utillashtirish 
xarajatlari darajasi, ya’ni iste’mol narxi) va tashkiliy (chegirmalar tizimi, yetkazib berishning 
butligi, yetkazib berish muddatlari va shartlari va h.k.) kabi parametrlarga bo‘linadi. 3. 
Mahsulot sifati - korxona faoliyatining eng muh/ ko‘rsatkichi. Mahsulot sifatini oshirish 
muayyan darajada korxo1 naning bozor sharoitlarida yashab qolishi, ilmiy-texnika 
taraqqiyotining sur’atlari, ishlab chiqa-rish samaradorligining o‘sishi, korxonada 
foydalaniladigan resurslaming barcha turlarini iqtisod qilishni belgilab beradi. Sifat 
tushunchasining aniq-iqtisodiy izohlari yetarli darajada ko‘plab mavjuddir. ISO 9000:2005 
xalqaro standartiga muvofiq «sifat» - bu mahsulotning xossalari va tavsiflari majmui bo‘lib, 
ular mahsulotga belgilangan yoki kutilayotgan ehtiyojlami qondirish qobiliyatini baxsh etadi. 
Xalqaro standart - sifatni, tovar qanday maqsadlarga mo'ljallangan boisa, shu maqsadlarga 
mos bo‘lishi uchun tovarga berilgan uning o‘ziga xos xossalari, shakli, tashqi ko‘rinishi va 
qo‘llanish shartlarining majmui sifatida ta’riflaydi. Barcha bu elementlar sifatga qo‘yiladigan 
talablar bilan belgilanadi, bu talablar loyihalash bosqichida buyuirming texnik tavsiflari, 
konstruktorlik hujjatlari va texnikaviy shartlarda aks ettirilib, xom ashyo sifati, konstruktiv 
o‘lchamlari, rang-tuslaming birligi, jilosi va hokazolami


20 
Har bir korxonaning asosiy vazifasini tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulot sifati 
hisoblanadi. Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi, ko’rsatayotgan xizmat yoki 
ishlab chiqarish mahsuloti bilan asoslanadi. Ular :
1. Aniq belgilangan ehtiyojlarni javob beradi. Foydalanish yoki mo’ljallangan 
bosqichlar ;
2. Iste’molchilar talabini qondirish;
3. Foydalanilayotgan standart va texnik shartlarga mos kelish;
4. Harakatdagi qonunlar va boshqa talablarga mos kelishi;
5. Iste’molchiga raqobatbardosh bahoda taklif etish;
6. Foyda olishga qaratilishi va boshqalar.
Haqiqiy sifatli mahsulot turli to’siq va ko’ngilsizlikka uchramaydi.   
Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan 
quyidagi takliflarni bermoqchiman.
Avvalo sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun sifatli xom-ashyo kerak. Shuning 
ta’minotchilar bilan shartnoma ishini sifatli xom-ashyolarni adashmay, tanlay bila 
oladigan malakali mutaxassisga topshirish kerak.
Sifatli tovar ishlab chiqarish uchun ishchi-xodimlarning o’zlari ham tajribali 
bo’lishlari kerak vao’z ustida muntazam ishlashlari, malakalarini mutassil oshirib 
borishlari kerak.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling