Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi


Download 28.11 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1467023
  1   2   3
Bog'liq
alimbayev


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi” kafedrasi

O’lchashlarning ilmiy asoslari


fanidan
Mavzu: Kattaliklar va ularning birliklari xalqlar birliklar
MUSTAQIL ISHI

BAJARDI:MSM-1 guruh Alimbayev.O TEKSHIRDI:Abdulakimov.I.F

TOSHKENT-2023

Reja:
1)Kattaliklar va birliklari
2) Xalqaro Birliklar Tizimi va uning kattaliklari.
3)Birliklar borasidagi qonunchilik

1) Kattaliklar odatda sonlar va birliklar yordamida ifodalanadi. Birlik bu miqdorning shunday bir yaqqol ajratib ko‘rsatilgan qiymati bo‘lib, undan tayanch nuqta sifatida foydalaniladi; son esa, katalikning muayyan miqdorining, uning o‘lchov birligiga nisbatini ifodalaydi. Muayyan kattalik uchun, ko‘plab turli xil o‘lchov birliklari ishlatilishi mumkin. Misol uchun, tezlik v ning, ba’zan v=25 m/soniya = 90 km/soat tarzida ifodalanishida, metr taqsim soniya hamda, kilometr taqsim soat birliklari, aynan bitta fizik kattalik – tezlik uchun o‘zaro muqobil (teng kuchli) bo‘lgan o‘lchov birliklaridir. Biroq, hozirgi davr murakkab kishilik jamiyati qo‘llab kelayotgan, yaxshi aniqlik darajasiga ega va foydalanish uchun oson bo‘lgan, ko‘plab turli xil o‘lchashlar uchun o‘zaro muvofiqlashtirilgan birliklarga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri shuki, birliklar barcha uchun sodda va tushunarli bo‘lishi, zamon va makonda o‘zgarmas va doimiy bo‘lishi, hamda, yuqori darajadagi katta aniqlikda amalda hosil qila olinishi lozim.


Xalqaro Birliklar Tizimi - SI, singari birliklar tizimlarini amalda joriy etish uchun avvalo, asosiy fizik kattaliklar tizimini va ushbu kattaliklar orasidagi nisbatlarni ifodalovchi tenglamalarni aniqlab olish zarur. Chunki, kattaliklar orasidagi nisbatlarni ifodalovchi tenglamalar, ularning birliklari orasidagi nisbatlarni ham ifodalaydi (bu haqida quyiroqda batafsil). Shuningdek, avvalo, biz odatda asosiy birliklar deb yuritadigan bir necha kattaliklarni tanlab olib, so‘ngra, ular asosida, boshqa barcha kattaliklar uchun, asosiy kattaliklarning o‘zaro nisbatlaridan keltirib chiqariladigan, biz odatda hosilaviy birliklar deb ataydigan birliklarni aniqlash ham juda qulay usuldir. Shunga o‘xshash tarzda, fizik kattaliklaring o‘zi ham mos ravishda, asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar tarzida va asosiy kattaliklardan hosilaviy kattaliklarni keltirib chiqaruvchi tenglamalar asosida, asosiy birliklardan hosilaviy birliklarni keltirib chiqarilgan tenglamalarni ifodalanadi (bu haqida batafsil quyiroqda, 1.4 bo‘limda ko‘rib chiqiladi). Shunday qilib, mantiqni davom ettirsak, avvaliga kattalik va ushbu kattalikni ifodalovchi tenglama tanlab olinadi, so‘ngra esa uning uchun birliklar tanlanadi.
Ilmiy nuqtai nazardan, kattaliklarni asosiy va hosilaviy turkumlarga ajratish bu – shartli jarayon bo‘lib, fizika uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi. Lekin, shunday bo‘lsa ham, birliklarni tushunib olish uchun, har bir asosiy birlikning aniqlanishi va ta’rifi, alohida ahamiyat qaratilgan ravishda, yuqorida umumiy tarzda bayon qilingan talablarga javob beradigan ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi muhimdir, chunki, ular o‘z nomi bilan, butun birliklar tizimi uchun poydevor vazifasini bajaradi. Asosiy birliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy birliklarning ta’riflari, asosiy kattaliklardan hosilaviy kattaliklarni keltirib chiqaruvchi tenglamalar orqali ifodalanadi. Shu tufayli ham, mazkur risolaning asosiy mazmun-mohiyati bo‘lmish birliklarni tartiblashtirish ishi, mos miqdor va kattaliklarni o‘zaro bog‘lovchi algebraik tenglamalar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ilm-fan va texnika nuqtai nazarida, keltirib chiqarilishi mumkin hosilaviy birliklar cheksiz bo‘lishi mumkin. Ilm-fanning yangi sohalari tobora rivojlanib borar ekan, tadqiqotchilar tomonidan ushbu yangi fan sohalariga oid yangi birliklar ishlab chiqilmoqda, shunga muvofiq ravishda, ushbu yangi birliklarni bizga avvaldan yaxshi tanish bo‘lgan birliklar bilan, pirovardida esa asosiy kattaliklar bilan bog‘lovchi tenglamalar soni ham ortib bormoqda. Shunday qilib, yangicha fizik kattaliklar uchun qo‘llaniladigan yangi birliklar ham, doimo asosiy birliklar orqali keltirib chiqarilishi mumkin.


Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling