Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi
) Xalqaro Birliklar Tizimi va uning kattaliklari
Download 28.11 Kb.
|
alimbayev
2) Xalqaro Birliklar Tizimi va uning kattaliklari.
SI da foydalaniladigan kattaliklar va ularga bog‘liq tenglamalar, amalda barcha olimlar, texnologlar va muhandislarga yaxshi tanish bo‘lgan fizik kattalik va tenglamalardir. Ular ko‘plab darslik va boshqa turdagi manbalarda bayon qilib o‘tilgan, biroq, har qanday shu kabi matnlarda, aslida soni cheksiz bo‘lgan fizik kattalik va tenglamalarning, cheklangan sondagi kichik bir qismini o‘z ichiga oladi xolos. Aksariyat fizik kattaliklar va ular uchun tavsiya etilgan nom, tenglama va ramzlar uchun, Xalqaro Standartlashtirish va Sertifikatlashtirish Tashkilotining 12-chi Texnik Qo‘mitasi ISO/TC 12 tomindan ishlab chiqilgan ISO 31, hamda, Xalqaro Elektrotexnika Hay’atining 25-Texnik Qo‘mitasi IEC/TC 25 tomonidan ishlab chiqilgan IEC 60027 Xalqaro Standartlari va Sertifikatlari amal qiladi. ISO 31 va IEC 60027 standartlari hozirgi vaqtda, har ikkala tashkilot tomonidan o‘zaro hamkorlikda qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zaro muvofiqlashtirilishi kutilayotgan yangi standart, ISO/IEC 80000 Fizik kattaliklar va birliklar nomi bilan atalishi kutilmoqda va unda SI da qo‘llaniladigan kattaliklar va ularga tegishli tenglamalar, Xalqaro Kattaliklar Tizimi sifatida atalishi taklif qilingan. SInig asosiy kattaliklari bu – uzunlik (masofa), massa, vaqt, tok kuchi, termodinamik harorat, yorug‘lik kuchi, hamda, modda miqdoridir. Kelishuvga muvofiq, asosiy kattaliklar mustaqildir (yani, ular boshqa fizik kattaliklardan keltirib chiqarilmaydi). Ularga muvofiq asosiy birliklar sifatida O‘TXK metr, kilogramm, amper, kelvin, kandela va molni tasdiqlagan. Asosiy birliklarning ta’riflari, quyidagi 1889 yildan boshlab metr ta’rifi Platina-Irridiy asosidagi xalqaro etalonga asoslangan edi. Lekin uni, 1960 yilda 11 – O‘TXK, Kripton-86 atomining vakuumdagi nurlanishining to‘lqin uzunligiga muvofiq keluvchi ta’rifi bilan almashtirdi. Bu o‘zgarish metrni aniqlashni takomillashtirish, natijaning aniqligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, u Kripton-86 atomining 2P10 va 5d5 sathlariaro o‘tishiga muvofiq keladigan vakuumdagi nurlanishning 1650763,73 to‘lqin uzunligiga teng ekanligi belgilangan edi Metr – yorug‘likning vakuumda soniyaning 1/299792458 qismida bosib o‘tadigan masofasiga teng. Bundan ma’lum bo‘ladiki, yorug‘lik vakuumda soniyasiga 299792458 metr/soniya tezlik bilan harakatlanar ekan. Metrning 1889 yilda 1-O‘TXQ (CR, 34-38) tomonidan rasman tasdiqlangan asl etaloni hali hamon O‘TXQ idorasida, 1889 yilda belgilangan sharoitlarda saqlanmoqda..Asosiy kattaliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy kattaliklarga muvofiq ravishda, algebraik munosabatlar yordamida asosiy birliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy birliklar Hosilaviy birliklar, asosiy birliklardan keltirib chiqariladi. Keltirib chiqarilayotgan birlik va asosiy birlik o‘rtasidagi nisbat 1 ga teng bo‘lsa, bunday birlik kogerent birlik deb yuritiladi. SI ning asosiy va kogerent birliklari, o‘ziga xos kogerent birliklar ketma-ketligini tashkil qiladi. Bu o‘rindagi kogerent so‘zi quyidagicha ma’noda ishlatilmoqda: kogerent birlik qo‘llanilayotganda, kattaliklarning son qiymatlari orasidagi nisbat tenglamalarining shakli, ushbu kattaliklarning bevosita o‘zaro nisbatlaridagi tenglamalarning shakli bilan aynan bir xil bo‘ladi. Shu tufayli ham, kogerent birliklar qo‘llanilganda, birliklar o‘rtasida o‘zaro o‘girish koeffitsiyentlarni ishlatish zarur bo‘lmaydi. Hosilaviy kattalikning kogerent birligi uchun ifodani, mazkur kattalikning o‘lchamligini ifodalovchi nisbatlardagi tegishli belgilarni, har bir o‘lchamlik belgisiga mos keluvchi asosiy birlikning belgilari bilan almashtirish orqali keltirb chiqarish mumkin. ko‘rib chiqiladi. Download 28.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling