SIFAT KATEGORIYASI VA SERTİFİKATLASHTİRİSHNİNG TARIXI Turli mutaxassislar va tashkilotlarning qarashlaridagi ko’pgina o’xshashliklarga qaramay, sifatning yagona maqbul yoki to’g’ri talqini mavjud emas. Faqat turli mualliflar kontseptsiyalarida mavjud bo’lgan asosiy yondoshuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Sifat – bu qadriyat. 2. Sifat – bu ustunlikdir. 3. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir. 4. Sifat – bu mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra bilishdir. Sifat bu - qadriyat, degan yondoshuvga A. Feygenbaum quyidagicha fikr bildiradi: “Sifat bu -“eng yaxshi” degan mutlaq ma’noni ifoda etmaydi. Sifat – mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra bilishdir, degan yondoshuv hozirgi kunda keng tarqalgan. Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, taniqli mutaxassislarning ko’pchiligi bu yondoshuvni o’z ta’riflarida e’tirof etishgan . SHunday qilib, sifatning zamonaviy talqini qay darajada bo’lmasin, ana shu yondoshuvlarga asoslanishi lozim. ISO 9000:2000 xalqaro standartining so’nggi tahririda sifat ta’rifi lo’nda qilib berilgan va unda yuqorida keltirilgan birinchi va to’rtinchi yondoshuvlarni birlashtirishga harakat qilingan. Sifat mahsulot va xizmatlar xususiyatlari yig’indisining talablarga muvofiqlik darajasi deb, talab esa – aniqlangan ehtiyoj yoki istak deb ifodalanadi. Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so’zidan olingan bo’lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish (ya’ni tasdiqlash) mumkin. "Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarini akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo’llanmasiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |