Sifat menejmenti va uni boshqaruvdagi o’rni reja: Sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik


Download 0.64 Mb.
bet6/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1177415
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov Abbos M

2000 yil 15 dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman nashretildi. Standartlar to’plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat: 1. ISO 9000:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug’at” – sifatmenejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi. 2. ISO 9001:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” – sifat tizimlari uchun minimal zarur bo’lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida qo’llaniladi. 3. ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar” - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimlarini yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalardan iborat. 4. ISO 19011 “Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash bo’yicha yo’riqnomalar”. Standartlarning avvalgilaridan farqi shundaki, endi SMTning talablari korxonalarning turi bo’yicha ajratilmaydi: avvalgi tahrirlardagi ISO 9001, 9002, 9003 standartlari yagona ISO 9001:2000 miqyosida jamlangan.

MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH SISTEMASI

Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko’rsatishda faqatgina

ko’proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.

Ma’lum foydalilikka ega bo’lib, sotilish bahosi bilan tannarx o’rta-sidagi farqga ega

bo’lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. SHunday qilib tovarni sotilishining muhim

shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va bahosidir.

Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji

talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi,

ishlatilishining qulayligiga aytiladi.Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar

yordamida aniqlanadi.

Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy

elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling