Differensial usul deb, mahsulotning sifatini birgina ko’rsatkichidan foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga aytiladi. Differensial usul baholovchi mahsulot sifatining ko’rsatkichini asos bo’luvchi ko’rsatkich bilan taqqoslashga asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning ishlash muddati 8 yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 12 yilni tashkil etadi, asos bo’luvchi qiymat esa 10 yil. Mahsulot sifatining darajasi esa birinchi korxonada asos bo’luvchi qiymatga nisbatan past, ikkinchisida esa balanddir. Bu ko’rsatkich uning ishlash muddatini yaxshilanishi natijasida erishilgan.
Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichlarini qo’llanilishiga asoslangan mahsulot sifatini baholash usuli – kompleks usul deb ataladi. Masalan, avtobuslarning sifatini baholashda umumlashtirilgan sifat ko’rsatkichi deganda ularning yillik unumdorligi tushuniladi.
Aralashgan usulda bir vaqtning ichida ham birgina ko’rsatkichdan, ham kompleks ko’rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi.
Statistik usul bilan mahsulotning sifatini baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |