Sifat reaksiya


Download 164.08 Kb.
bet33/43
Sana15.03.2023
Hajmi164.08 Kb.
#1271467
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
ORGANIK KIMYO

OQSIL VA AMINOKISLOTA

  1. Tabiiy dipeptide xlorovodorod kislotasini suvli eritmasi bilan qizidirilganda, tarkibida 28,28% xlor tutgan faqat bitta tuz hosil bo’ldi. Tabiiy dipeptidni toping va gidroliz tenglamasini keltiring.A)Alanin B)Glitsin C)Prolin D)Fenilalanin




  1. Tabiiy dipeptid xlorovodorod kislotasini suvli eritmasi bilan qizdirilganda, tarkibida 17,62 % xlor tutgan faqat bitta tuz hosil bo`ladi. Tabiiy dipeptitning toping va gidroliz tenglamasini keltiring.
    A)Phe-Phe B)Phe-Ala C)Ala-Ala D)Glu-Ala

  2. Massasi 7,5 bo`lgan glisinni yoqish uchun zarur bo`lgan kislorodni olish uchun necha gr kumush nitrat parchalash zarur?
    A)51 B)38,25 C)76,5 D)153




  1. 161,2 g yog’ning to’liq sovunlashida 166,8 g bitta karbon kislotaning natriyli tuzi hosil bo’lsa, kislotaning aniqlang.
    A) palmitin kislota B) stearin kislota
    C) olein kislota D) linol kislota

  2. 12 g dipeptidning ishqoriy muhitdagi gidrolizidan bir xil mahsulot hosl bo’ldi. Olingan eritmaga natriy nitrit va mo’l miqdordagi xlorid kislota aralashmasi qo’shilganda 3,36 l(n.sh) gaz hosil bo’lsa, dipeptidni aniqlang.
    A) alanil-alanin B) glitsil-glitsin
    C) valil-valin D) lizil-lizin

  3. 6,6 g dipeptidning ishqoriy muhitdagi gidrolizidan bir xil mahsulot hosl bo’ldi. Olingan eritmaga natriy nitrit va mo’l miqdordagi xlorid kislota aralashmasi qo’shilganda 2,24 l(n.sh) gaz hosil bo’lsa, dipeptidni aniqlang.
    A) alanil-alanin B) glitsil-glitsin
    C) valil-valin D) lizil-lizin

  4. Oligosaxaridni to’liq gidrolizidan faqat bitta mahsulot-glyukoza hosil bo’ladi. Agar dastlabki oligosaxarid atsillash uchun sarflanadigan sirka angidridga nisbatan, gidrolizdan hosil bo’lgan glyukozani asillash uchun sarflanadigan sirka angidrid miqdori 1,5 marta ko’p bo’lsa, dastlabki oligosaxarid nechta glyukoza qoldig’idan iborat?
    A) 6 B) 5 C) 4 D) 8

  5. No’malum amino kislota eritmasiga natriy nitrit va mo’l miqdordagi xlorid kislota aralashmasi qo’shilganda 3,36 l (n.sh) Gaz hosil bo’ldi, huddi shuncha miqdordagi amino kislota eritmasiga mo’l miqdordagi farmaldegid qo’shilganda esa 13,05 g organic modda hosil bo’lsa, amino kislotani aniqlang.
    A) glitsin B) alanine C) valin D) leysin

  6. Quyidagi qaysi amino kislotalar dezaminlanish reaksiyalariga kirishadi?1) 3- aminoizovalerian kislota 2)glikokol 3) 4-amino izokapron kislota 4) 2-amino-3 metil pentan kislota
    A)1,3 B)2,4 C)1,3,4 D)1,2,3,4

  7. 0,05 mol α-amino kislota qizdirilganda tarkibida 24,08*1022 ta sp3 orbitali bo’lgan oson kristallanuvchi moddaga (toliq) aylanadi. Amino kislotani aniqlang.
    A)glitsin B)alanine C)valin D)leysin

  8. Ma’lum miqdor gippur kislota mol miqdordagi issiq suvga tushirilganda to’liq gidrolizga uchrab eritma hosil qildi. Olingan eritma 1:3 massa nisbatda ikki qismga ajratildi. Birinchi eritmaga natriy nitrit va mo’l miqdordagi HCI kislota aralashmasi qo’shilganda 2,24 l (n.sh) gaz hosil bo’lsa, ikkinchi eritmani to’liq neytrallash uchun 20% li NaOH eritmasidan qanday massada (g) talab etiladi.
    A)60 B)120 C)160 D)40

  9. Ekvimolyar nisbatda olingan amino kislota 24g massali ningidrin yordamida oksidlanib 6,6 g organic moddaga aylandi. Amino kislotani aniqlang.
    A) glitsin B) alanin C) valin D) leysin

  10. 120,4•1019 ta oqsil molekulasi Foli reaksiyasi orqali analiz qilinganda 14,34 g cho’kma hosil bo’lsa, bitta oqsil molekulasida nechta peptid bog’ mavjudligini aniqlang. (oqsil molekulasining 25% ini sistein qoldig’I tashkil qiladi deb hisoblang).
    A) 119 B) 149 C) 199 D) 99

  11. Milon reaksiyasi yordamida qanday amino kislota(lar) aniqlanadi?1) sistein; 2) fenilalanin; 3) tirozin; 4) sistin; 5) triptofan;
    A) 1,4 B) 2,3,5 C) 2,3 D) 3,5

  12. Quyidagi qaysi amino kislota(lar)ni ningidrin reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin?
    1) 2-amino-3-metil butan kislota; 2) 3-amino-3-metil pentan kislota;3) 3-amino-4-metilpentan kislota; 4) 2-amino-propan kislota;
    A) 1,4 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4

  13. Kazein, albumin va gemoglabin tarkibida valin amino kislotasi uchraydi, bunday mahsulotlar achiganda valin qanday moddaga aylanadi?
    A) 2-metilbuten-2 kislota B) izobutilamin
    C) izobutilspirt D) izopentil amin

  14. Bug’doy tarkibiga kiruvchi gliadin oqsili qaysi gruppaga mansup?
    A) prolamin B) protamin
    C) skleroprotin D) glukoproteid

  15. Arpa tarkibiga kiruvchi gordein oqsili qaysi gruppaga mansup?
    A) prolamin B) protamin
    C) skleroprotin D) glukoproteid

  16. Makkajo’xori tarkibiga kiruvchi zein oqsili qaysi gruppaga mansup?
    A) prolamin B) protamin
    C) skleroprotin D) glukoproteid

  17. Baliq spermatazoidi tarkibiga kiruvchi oqsil qaysi gruppaga mansup?
    A) prolamin B) protamin
    C) skleroprotin D) glukoproteid

  18. Ipak tarkibiga kiruvchi fibroini oqsili qaysi gruppaga mansup?
    A) prolamin B) protamine
    C) skleroprotin D) glukoproteid

  19. Teri tarkibiga kiruvchi keratin oqsili qaysi gruppaga mansup?
    A) prolamin B) protamin
    C) skleroprotin D) glukoproteid

  20. So’lak tarkibiga kiruvchi mutsin oqsili qaysi gruppaga mansup?
    A) prolamin B) protamin
    C) skleroprotin D) glukoproteid

  21. Sut tarkibiga kiruvchi kazein oqsili qaysi gruppaga mansub?
    A) prolamin B) protamin
    C) fosfoproteid D) glukoproteid

  22. Qaysi gruppaga kiruvchi oqsillar tarkibida oltingugurt bo’lmaydi?
    A) prolamin B) protamin
    C) fosfoproteid D) glukoproteid

  23. Qaysi gruppaga kiruvchi oqsillar tarkibida oltingugurt ko’p bo’ladi?
    A) prolamin B) protamine
    C) skleroprotin D) glukoproteid




  1. Odam tana massasining 8 % ni qon tashkil etadi, qonning 0,11 % ni esa Fe tashkil etadi. 80 kg odam tarkibidagi temir miqdorini mg da hisoblang.


  2. Odam tana massasining 8 % ni qon tashkil etadi, qonning 0,11 % ni esa Fe tashkil etadi. 70 kg odam tarkibidagi temir miqdorini mg da hisoblang.


  3. Odam tana massasining 8 % ni qon tashkil etadi, qonning 0,11 % ni esa Fe tashkil etadi. 90 kg odam tarkibidagi temir miqdorini mg da hisoblang.


Odam tana massasining 8 % ni qon tashkil etadi, qonning 0,11 % ni esa Fe tashkil etadi. 75 kg odam tarkibidagi temir miqdorini mg da hisoblang.



Download 164.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling