SIFAT REAKSIYALARINI
O’TKAZISH
- Sifat analizining vazifasi – modda tarkibiga kirgan ayrim element yoki ionlarni aniqlash.
- Aniqlashda turli xil metodlardan foydalaniladi.
- Kimyoviy metodda sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar analitik reaksiyalar deyiladi.
- Bu reaksiyaga sabab bo‘lgan modda reagent deyiladi.
- Kimyo fanida sifat reaksiyalari kation va anionlar bo‘yicha olib boriladi.
Sifat reaksiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga e'tibor berish lozim 1. Cho‘kmaning hosil bo‘lishi, cho‘kmaning rangi, gaz hosil bo‘lishi, rangli eritmalarni hosil bo‘lishi yoki yo‘qolishi; 2. Reaksiyani bajarish sharoitiga: kislotali muhit, ishqoriy muhit, harorat, organik reaktivlar qo‘shish; 3. Hosil bo‘lgan cho‘kmaning eruvchanligiga: kislota va ishqor ta’sirini o’rganish; Sifat reaksiyalar “ho‘l” va “quruq” usullarda o‘tkaziladi - Quruq usulga alangani bo‘yalishini misol qilish mumkin.
- Quruq usul bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar yordamchi reaksiyalar hisoblanadi.
- Sifat analizi ko‘p hollarda ho‘l usul, ya’ni moddalarning eritmalar o‘rtasida boradigan reaksiyalar qo‘llaniladi.
I guruh K+ Na+ NH4+ kationlarining guruh reagenti yo‘q foydalaniladi. I guruh analitik kationlari: Na+;K+ va NH4+ larini aniqlash Natriy ioni sirka kislotali sharoitda magniy uranilatsetat bilan sariq kristall cho‘kmani hosil qiladi: Na++Mg2++3UO2 2++9CH3COO-+9H2O= NaMg(UO2)3(CH3COO)9x9H2O↓ Kaliy kationi Natriy kobaltonitrat bilan neytral sharoitda sariq cho‘kmani hosil qiladi: Na+ + [Co(NO2)6]3- + 2K+ = K2Na[CO(NO2)6]↓ Ammoniy kationi ishqoriy muhitda tuz va ammiak gazini hosil qiladi: NH4++OH-=NH3↑+H2O I guruh kationlarining tuzlari tibbiyotda keng qo'llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |