Sifat so'z turkumi
Download 42.5 Kb.
|
sifat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ismingiz________________________
Sifat so'z turkumi 1.Quyidagi qaysi so‘zlar xususiyat bildiruvchi sifatlar hisoblanadi? A)pushti, qirmizi B)xushbo‘y, muattar C)andishali, sho‘x D)mazali, yumaloq 2.Quyidagi so‘zlarning qaysi biri rang nomini anglatmaydi? A)qo‘ng‘ir B)moviy C)sapsar
D)gunafsha 3.Bir narsa-buyum xususiyatiga ega emaslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasovchi -siz qo‘shimchasi quyidagi qaysi qo‘shimchalarga zid ma’noli (antonim) qo‘shimcha hisoblanadi? A)-li
B)-dor C)-mand
D)-li, -dor, -mand 4.Qaysi qatorda sifat otlashmagan? A)Yaxshidan ot qoladi, yomondan - dod. B)Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqar, Yomonga yaqin yursang balosi yuqar. C)Boy qursin, uyat-andishani bilmaydimi? D)Quv, ichidan pishgan, fidoyi, jasur komandirni hamma sevadi. 5."O'zi dumaloq, to'ni ko'k, belbog'i qizil, do'ppisi oq." Topishmoqning javobi tarkibidagi oxirgi tovushning juftini toping. A) d B) p C) k D) z 6.Qaysi qo‘shimchalar rang-tus sifatlarigagina qo‘shilib, belgining me’yordan ozligini ifodalaydi? A)-mtir, (-imtir) B)-ish
C)-roq D)-mtir (-imtir), -ish 7.Sifat yasovchi –siz qo`shimchasi quyidagi fe’llardan qaysi birlari bilan zid ma’noli hisoblanadi? 1)-li; 2) –dor; 3) ba-; 4)-mand; 5)ser- A)1, 2, 4, 5 B)2, 3, 4, 5 C)1, 2, 3, 5 D)barchasi 8."Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir." Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang. A)3 ta: 2ta qo`shma, 1 ta sodda yasama B)4 ta: 2ta qo`shma, 2 ta sodda tub C)4 ta: 2ta qo`shma, 2 ta sodda yasama D)3 ta: 2ta qo`shma, 1 ta sodda tub 9.Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo`shma sifat berilgan? A)Toshbag`ir odamdan yaxshilik kutma B)Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. C)Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. D)Shirinsuxan, oqko`ngil insonlar mevali daraxtga o`xshaydi. 10.Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama-yasama so`z shaklida tuzilgan? A)Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. B)U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. C)Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. D)U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan 11.Asliy sifatlar berilgan qatorni aniqlang A)Qotma, tonggi B)ko'p, katta C)Yaxshi, keng D)O`smir,mevali 12.Asliy sifatlar qatorini toping. A)Sho`x, quvnoq, ko'chma. B)Bilimli, chiroyli, eski. C)Zim-ziyo, qop-qorong`i. D)Oqish, qoramtir. 13.Qaysi gapda otlashgan sifat berilgan? A)Oqlangan maktab binosi oydinda ko‘kishroq ko‘rinadi. B)Cho‘qqilar avvalgidan ham oqroq va silliqroq ko‘rinadi. C)Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa, olovdan uzoqroq o‘tirishar edi. D)Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog‘larda ham havo ochilib ketdi. 14.Qaysi gapda ortirma darajadagi sifat berilgan? A)Insonning hayot yo‘li g‘oyat murakkab va ko‘p qirralidir. B)U duduq, xiylagina duduq bo‘lishiga qaramay sho‘x, xushchaqchaq, yaxshigina askiya ham qilar ekan. C)Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. D)Gulzorga to‘kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo‘lib, jigarrang tus olgan. 15.Qaysi gapda otlashgan so'z berilmagan? A)Dangasa odamning bahonasi ko‘p. B)Hunarli o‘lmas, hunarsiz kun ko‘rmas. C)Baxilning qo‘lida oy bo‘lsa, olamni yoritmas. D)Yomonning bir qilig‘i ortiq. 16.Qaysi gapda hid bildiruvchi sifat(lar) berilgan? A)Sap-sariq oltinday cho‘girilar, ko‘k beqasam to‘n kiyishib yotgan ananaslarni yegani ko‘zingiz qiymaydi. B)Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. Juda shirin. Bu qanday non o‘zi? C)Bir g‘uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. D)Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 17. Berilgan so'zlardan nechtasi hajm-o'lchov sifat hisoblanadi?
A)5 B)6 C)7 D)8 18. Berilgan so'zlardan nechtasi makon-zamon belgisini bildiruvchi sifat hisoblanadi?
A)1 B)2 C)3 D)4 19."Mevasi tukli, sariq yoki tillarang, ko‘rinishi yumaloq yoki bir oz cho‘ziq bo‘lishi mumkin. Mevasi yetilib pishganda sershira bo‘ladi." Berilgan gapda sifatlar soni nechta? A)5 B)6 C)4 D)7 20. Qaysi javobda otlashgan so'z(lar)ning asosida lab tovushi berilgan? A)Kattaga katta bo‘l, kichikka — kichik. B)Dono, aqllilar hech qachon yo‘ldan adashmaydi. C)Sinfimizda a’lochi o‘quvchilar soni tobora ortib bormoqda. D)Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan — dog‘. 21.Qaysi javobda barcha sifat(lar) tarkibidagi hamma tovush til undoshlar hisoblanadi? A)To‘rda o‘tirgan oppoq soqolli, kulcha yuzi qip-qizil, o‘tkir ko‘zli bir chol tomog‘ini qirib gap boshladi. B)Bog‘ juda katta, bir gektarcha keladi. C)Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. D) Shamning olovrang shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. 22.Qaysi gapda takroriy sifatlar berilgan? A)Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi. B)Kimdir yelpib-yelpib go‘shtlardan kabob pishiryapti. C)Qo‘llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganidan g‘adir-budur, haqiqiy dehqon edilar. D)Yirik-yirik tomchilar yer-u ko‘kni savalay ketdi. 23. Qaysi gapda sifat+ot qolipidagi qo'shma sifat berilgan? A)Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag‘ishlaydi. B)Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. C)Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. D)Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. 24.Qaysi gapda ot+fe'l qolipidagi qo'shma sifat berilgan? A)O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. B)Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma. C)Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. D) Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. 25.Qaysi gapda juft sifatlar berilgan? A)Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. B) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti. C)O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. D)Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. 26.Qaysi gapda sodda yasama sifat berilgan? A)Tuproq qatlami qalin yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on bo‘ladi. B)«Tabiatning siri, ma’nosi chuqur», deyman ichimda. C)Pastga egilgan yaproqlari sariq ipakday mayin. D)G‘iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonbosh- ladi. 27. Berilgan so'zlardan nechtasi yasama sifat hisoblanadi?
A)3 B)4 C)5 D)6 28. Qaysi qo‘shimcha payt va o‘rin bildiruvchi otlarga qo‘shilib, payt va o‘ringa xos belgini bildiruvchi sifat yasaydi? A)no-, -siz, be- B) -(v)iy C) -simon D) -gi (-ki, -qi) 29.Makon-zamon ma'nosini bildiruvchi sifat qaysi gapda berilgan? A)Yozgi harakat — kuzgi barakat. B)Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to‘lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiradi. C) Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko‘rganidanmi yo dimog‘ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay, tinmay jilmayar edi. D)Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. Juda shirin. Bu qanday non o‘zi?
30.Xususiyat ma'nosini bildiruvchi sifat berilgan gapni aniqlang. A)Ko‘z tashlab ko‘rilsa, ko‘m-ko‘k suv ko‘k charxiga o‘xshaydi. B)Bahor keldi. Maktab sahnidagi o‘riklarni oq, pushti gullar bilan bezadi. C)Usta qarigina, burni cho‘tirroq, juda so‘zamol, mahmadona kishi. D)Hormang, dehqonñhilik zo‘r-ku! — dedi yigit do‘rillagan ovoz bilan. Ismingiz________________________ Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling