2-DARS
Otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari:
1. SODDA OTLAR bir asosdan iborat. Ular tub (do‘l, kurash) yoki yasama (o‘roq, chiziq) bo‘ladi.
2. QO‘SHMA OTLAR ikki yoki undan ortiq asosdan tashkil topadi: qo‘lqop, oltingugurt, beshiktervatar, beshbarmoq, oshko‘k, iskabtopar, Kattaqo‘rg‘on…
Qo‘shma otlarning imlosiga doir quyidagi qoidalarni eslab qoling:
I. Ikkinchi qismi atoqli bo‘lgan qo‘shma otlar ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq.
II. Boshqa barcha qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: Beshariq, Qorqiz, kungaboqar, ko‘ksulton, molboqar, gulbeor, Qashqadaryo…
3. JUFT OTLAR bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tarkib topadi: o‘g‘il-qiz, idish-tovoq, azm-u qaror, qand-qurs, hayot-mamot, ikir-chikir, ashqol-dashqol.
4. TAKRORIY OTLAR 2-qismi 1-qismining tovush o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topadi: tuz-puz, tovoq-povoq, pul-mul (Darslik bo‘yicha shunday)
Do'stlaringiz bilan baham: |