Tashkilot, korxona, muassasa nomlari
Xalqaro tashkilotlar, shuningdek oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi.
Masalan: >> Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizligi va Hamkorligi Tashkiloti…
>> O‘zbekiston Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti…
Vazirliklar va idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.
Masalan: >> Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Oliy xo‘jalik sudi…
<tashkilot, korxona, o‘quv yurtlari >>> Toshkent traktor zavodi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement zavodi, Guliston davlat universiteti, , Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent agrar universiteti, biroq maqomni anglatuvchi “Milliy” so‘zi bosh harfda yoziladi: O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Milliy bog‘i
Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar qo‘shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi so‘z) yoziladi: M.: «Turkiston» saroyi , «Sharq gullari” firmasi, «Bahor» konsert zali, «Damas» avtomashinasi, «O‘qituvchi» nashriyoti, «Umid» firmasi, «Istiqbol» fermer xo‘jaligi, «Malika» ishlab chiqarish birlashmasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, «Turkiston» saroyi, «Qo‘shchinor» mas’uliyati cheklangan ishlab chiqarish birlashmasi, «Lazzat» oshxonasi, «Afrosiyob» mehmonxonasi…
Do'stlaringiz bilan baham: |