Suv havzalari va inshootlari
suv havzalari : okean, dengiz, ko‘l, daryo, soy, ariq, buloq
suv inshootlari: kanal, suv omborlari, quduq
Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.
M.: Chirchiq daryosi, Katta Farg‘ona kanali, Chorvoq suv ombori, Amu-Buxoro kanali, Qora dengiz...
Yaksart=Sayhun; O‘kuz=Oks=Araks=Jayhun.
Tarixiy sana va bayram nomlari
Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) kunlari deb belgilangan:
1 -yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr – Mustaqillik kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Do'stlaringiz bilan baham: |