Otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda otlar bir asosdan iborat


C TOPSHIQ. UY ISHI. Gaplardagi otlarni shaxs, narsa, o‘rin-joy va faoliyat-jarayon otlariga ajrating


Download 95.5 Kb.
bet19/19
Sana02.01.2022
Hajmi95.5 Kb.
#189634
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2 5469649205167393065

C TOPSHIQ. UY ISHI. Gaplardagi otlarni shaxs, narsa, o‘rin-joy va faoliyat-jarayon otlariga ajrating.

1. Bilim kishining ko‘nglini yoritadi, unga ro‘shnolik beradi. (Yusuf Xos Hojib) 2. Yoshlik qaytib kelmaydi. (Asqad Muxtor) 3. Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik — hammasini eplaydi. (X. Sultonov). 4. Ancha ovoragarchilik bilan bir mashina paxta olib qaytdik. (P. Qodirov). 5. Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig‘i bo‘lgan ekan. (Abdulla Qahhor). 6. Shomurod asli yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. (Murod Muhammad Do‘st) 7. Yolqin akam traktor terimidan bo‘shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi. (P. Qodirov)8. Yo‘q, men zargar emasman. Zargarlik tarozisi ota meros aslida. 9. Qo‘shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish: «Qo‘shiq aytolsa, demak, cho‘ponlikka yaraydi»,— debdi u cho‘lig‘iga. 10. Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog‘ ortiga jo‘nadi. 11. Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan,- bu gapini mirobga qarab aytdi. (N. Normatov) 12. Qutidor do‘koniga jo‘nagandan keyin Oftoboyim To‘ybekani mehmonxonaga buyurdi va o‘zi xamir qilishga o‘tirdi. (Abdulla Qodiriy) 13. U shosha-pisha kiyinib, endi tashqariga chiqayotgan ham ediki, eshik ohista taqillab, ostonada Mehriniso ko‘rindi. (O. Yoqubov) 14. Biz ko‘chib kelgan hovli katta edi. Qator qilib solingan ikki uy, bir ayvon. (O‘. Hoshimov) 15. Bu yerlarni qo‘riqxonaga aylantirar emish, shuning uchun uy hayvonlarini boqish mumkin emas ekan. (Tohir Malik) 16. O‘rindiqning bir chekkasida o‘tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. (Yo‘ldosh Sulaymon) 17. Dadam kunduzi g‘o‘zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg‘onmadi. (Murod Xidir) 18. Toshning bardoshi zo‘r (Asqad Muxtor) 18. Ta’tilda o‘qituvchi opamiz sayohatga olib boradigan bo‘ldi. (Hakim Nazir) 20. Bog‘chada maza edi. Kuni kecha xayrlashuv tantanasi bo‘ldi (S. Anorboyev). 21. Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. (N. Normatov) 22. Mundoq qarab razm solsam, ko‘pchilikning qo‘lida kosov, bolta, o‘roq... (Oybek) 23. Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi. (Orif Farmon) 24. Oqqirov kasalligini yuzaga keltiruvchi organizmlar g‘o‘za barglariga uya quradi, tuproqda, o‘simlik chirindilari orasida qishlaydi. Bahorda yana ekinlarni kasallantiradi. (Gazetadan) 25. Direktor o‘sha terilar uchun xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining oltin medalini oldi. (Said Ahmad) 26. Eshikni ochishim bilan dadam qo‘lidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab menga qaradi. (O. Yoqubov)







Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling