C topshiriq. UYGA VAZIFA. Quyida berilgan matndagi otlarni atoqli(1) va turdosh(2) otlarga ajrating.
U vaqtda Toshkent ikkita shahardan iborat bo‘lib, birini Eski shahar, ikkinchisini Yangi shahar deyishardi. Ikkalasi o‘z davrining o‘zgacha ikki dunyosi hisoblanib, ularning muayyan chegarasi ham bor edi. Ko‘p sirlarning guvohi bo‘lgan sirli Anhor chegara edi. Uning o‘ng qirg‘og‘i Qo‘qon xoni qurgan O‘rda choyxonasidan boshlansa, chap qirg‘og‘i Eski shaharga qaratilgan Tuproqqo‘rg‘on harbiy qal’asidan boshlanardi. (Ibrohim Rahim)
Sirdaryo yoqasidagi tog‘oldi tekisliklarida bunyod bo‘lgan Toshkent shahri juda qulay tabiiy muhitga egadir. Shaharning obodonchilik sharoiti ham yaxshi. Toshkent vohasini Chirchiq daryosi suv bilan ta’minlab turadi. Shahardan oqib o‘tuvchi ariq va kanallarning hammasi Chirchiq daryosidan boshlanadi. Qorasuv, Salor, Kaykovus, Qoraqamish, Shayxontohur, Rohat, Oqqo‘rg‘on, Anhor shaharning qon tomirlaridir. (M. Ro‘ziyeva)
Do'stlaringiz bilan baham: |