B topshiriq.Quyida berilgan so ‘zlarni atoqli(1) va turdosh(2) otlarga ajrating.
1. Kampirning o‘tovi Zolariqning chap qirg‘og‘ida edi. (G‘afur G‘ulom) 2. Qorasuv kunchiqar va kunbotar tomonlari qo‘shni qishloqlar bilan, kun yurish tarafi qishloq ahli Qayir deb atovchi Qoradaryo o‘zani bilan tutashib ketgan katta ariq edi. (Qamchibek Kenja) 3. Qoplonbopning qoq o‘rtasidan Nuqrasoy shitob bilan oqib o‘tadi. (Said Ahmad) 4. Bo‘ron tezda o‘tib ketadi, biz Jayhunning narigi tarafiga o‘tganimizdan keyin bunaqangi yomon ofatlar bo‘lmaydi. (Mirmuhsin) 5. Yana bir necha kun turib kelmoq uchun Otabek Marg‘ilonga, Hasanali ota Yusufbek hojini tinchlatish uchun Toshkentga jo‘nadilar. (Abdulla Qodiriy) 6. Chol ko‘zlarini qisib, kulib qo‘yadi: — Yaxshi. Ma’nolik narsa. Muqumiyni ko‘rganman. Xushfe’l, dono odam edi. Muqimiy — kattakon shoir. Qo‘qonda turadi u kishi. (Oybek) 7. Jiydakapa do‘ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. (X. Sultonov) 8. Zahro «Tuproqqo‘rg‘on» darvozasiga yetib borganda, vaqt tushga yaqinlashib qolgan, kun iliq, havoda o‘rik gullari chirpirar edi. (U. Nazarov) 9. Balandmachitdan o‘tib, Beshyog‘ochga chiqamiz. (Oybek) 10. Xatirchiga borish uchun poyezddan Zirabuloq bekatida tushiladi. (G‘. Salomov) 11. Qani endi, Yaypanga borsak, Qudashga borsak, Buvaydaga borsak, Oqqo‘rg‘onga borsak, seni ham olib boraman. (Abdulla Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |