C topshiriq. UY ISHI. Gaplardagi otlarni sodda, qo‘shma, juft va takroriy otlarga bo‘ling.
1. Adabiyot fan-texnika inqilobi davrida ham inson bilan ish ko‘rishi kerak. (Asqad Muxtor)2. Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o‘rikning bir shoxi egilib turardi. (P. Qodirov) 3. Bahoroy juda go‘zal, hamma fasldan o‘zar. Gul-chechakdan libosi, yoqimlidir havosi. (M. Ibrohimova) 4. Qizlar tillaqosh, bargak, zebigardon, qo‘ltiqtumor, marjon, uzuk, bilaguzuk taqib, shoyi ko‘ylak, nimcha, kamzul kiyib yasanar edilar. (N. Safarov) 5. Laylakqor urib turgan bir kun edi. Birdan bozorboshida dod-faryod ko‘tarilib qoldi.(Abdulla Qahhor) 6. Elmurod so‘rab-surishtirib, nihoyat, ko‘pgina chiroqlar charaqlab turgan hovliga kirib keldi. (Parda Tursun) 7. Ariq bo‘yida hamisha, har yoz ikkita jaydari atirgul, pastda namozshomgul, gultojixo‘roz, sadarayhon o‘sib yotadi. (Oybek)
Do'stlaringiz bilan baham: |