III. O‘RIN-JOY OTLARI Qayer? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar, ya’ni turar-joy, o‘simliklar o‘sadigan joy, dunyo tomonlari, odamlar to‘planadigan joy nomlari o‘rin-joy otlari sanaladi. Bunday otlar o‘rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham bildiradi, shuning uchun qayer? so‘rog‘i bilan birga nima? so‘rog‘ini olishi ham mumkin. Masalan: shahar, qishloq, guzar, mahalla, tuman, viloyat, ko‘cha, gulzor, olmazor, saylgoh, sharq, g‘arb, sartaroshxona, bostirma, pistirma
O‘rin-joy otlarini yasovchi qo‘shimchalar-zor, -loq, -iston, -goh, -xona qo‘shimchalari o‘rin-joy otlarini yasaydi: olchazor,o‘tloq, guliston, o‘yingoh, qo‘riqxona, oshxona…
IV. FAOLIYAT-JARAYON OTLARI Shaxs va narsalarning faoliyat-jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi. Masalan: chorvachilik, tanlov, chopiq, loygarchilik, terim, mehribonlik, ta'til, sayohat, tantana, shofyorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |