Excel dasturida tayyorlangan rasm/grafiklar barcha jurnallarda qabul qilinadimi? Afsuski yo’q. Excel dasturida tayyorlangan grafiklar hamma jurnallarda ham qabul qilinmaydi. Anova yoki GraphPad kabi alohida dasturlarda tayyorlangan grafiklar yuqori ehtimol bilan barcha jurnallarda qabul qilinadi. Bu dasturlardan foydalanish bilan grafiklarda Excel da aks ettirish imkoni bo’lmagan ko’plab nozik jihatlarni ko’rsata olasiz. Xulosa bo’limida nimalar aks ettirilishi kerak? Maqsadi nima? Xulosalar qismida natijalar va muhokamalarning qisqacha bayoni keltiriladi, biroq bu ma’lumot “qisqacha bayon”dan ko'proq bo'lishi kerak. Unda, Kirish qismida keltirilgan har bir tadqiqot masalasi qanday hal qilinganligiga e’tiborni tortgan holda, olingan natijalarga urg’u beriladi, tadqiqot ishining ahamiyati tushintiriladi. Bu seksiyaning maqsadi dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin bo'lgan umumiy da'voni taqdim etishdir. Ushbu bo'lim "men" yoki "biz" lardan holi bo’lib, o'quvchiga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |