2. Тайёрлов босқичи: асосий манбаларни ўрганиш
Referat mavzusini tanlaganingizdan so’ng (1) tanlangan mavzuga oid savollar
doirasi bilan tanishing:
• ma’ruza materiallarini qarab chiqing;
• fan bo’yicha o’quv dasturida ushbu mavzuni o’rganish uchun tavsiya etilgan
adabiyotlar bilan qaytadan tanishib, ularni tahlil qiling.
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va ahamiyati
haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
(2) axborot-kutubxona markazlarida, shuningdek shahar kutubxonalarida
mavjud bo’lgan kataloglardan foydalangan holda referat mavzusi bo’yicha adabiy
manbalar doirasini kengaytiring.
O’quv va monografik adabiyotlar bilan bir qatorda quyidagi davriy oylik
jurnallarda: «TATU xabarlari», «UZINFOCOM», «ALOQA», «UNICON.UZ»,
«Energetika va informatika muammolari» ilmiy jurnallari, «XABAR» gazetasi va shu
kabilarda chop etilgan ilmiy maqolalardan ham foydalanish mumkin.
Referat sifatini oshirishda mavzuga taalluqli O’zbekiston Respublikasining
qonuniy hujjatlari hamda hukumat qarorlaridan foydalanish ham muhim o’rin tutadi.
Ishning dastlabki bosqichi yakuni bo’lib bibliografiya xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |