5. Йиғилган материални тартиблаштириш ва ёзиш
Kirish qismida nazariy va amaliy jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi,
maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
Agarda referat monografik (bitta manba va muallif referatlashtirilsa) ko’rinishda
bo’lsa, kirish qismida:
• muallif haqida qisqacha ma’lumot (ilmiy darajasi, unvoni, uning
mutaxassisligi, boshqa ishlari);
• mavzu manbasining qisqacha bayoni;
• ish maqsadi;
• rubrikasi;
• muallifning tutgan o’rni va boshqalar keltiriladi.
Referat asosiy qismida barcha muhim fikrlar aks ettirilishi zarur.
Rejaga binoan, referatning asosiy qismi yig’ilgan materialni taqsimlashga ko’ra
mos ravishda savollar va savolchalarga (qismlarga) ajratilishi talab etiladi.
Har ajratilgan savol, savolcha (qism), referatni tarkibiy qismlarga ajratish
butunligicha quyidagi formula asosida bo’lishi lozim: vazifa-ishlanma-xulosa.
Ifoda shakli – referent tanlovi: konspekt shaklida, fragmentli, tahliliy.
Adabiyotlarni annotatsiya yo’liga sakrashga yo’l qo’yilmaydi. Har bir manba
tadqiqot qilinayotgan mavzu doirasidagina tahlil qilinmog’i lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |