Signallarni filtrlash algoritmlarini o’rganish Reja: Kirish
Filtrlarni loyihalash bosqichlari
Download 21.27 Kb.
|
Signallarni filtrlash algoritmlarini o’rganish Reja Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus talablar ro‘yxati
- Foydalanilgan adabiyotlar
Filtrlarni loyihalash bosqichlari
Raqamli filtrlarni loyihalash besh bosqichda o‘tadi Filtrga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar. Filtrning mos keluvchi koeffitsientlari ni hisoblash. Filtrning tegishli strukturasini tasavvur etish. Filtrning ishlash sifatiga razryadlar soni cheklanganligini tahlil etish. Filtrni dasturiy yoki (va) apparat darajasida amalga oshirish. Yuqorida keltirilgan besh bosqich ba’zan bir-biriga bog‘liq bo‘ladi: bundan tashqari ular hamma vaqt ham keltirilgan tartibda joylashgan bo‘ladi. Amalda ikkinchi bosqichni uchinchi va to‘rtinchi bosqichlar bilan birga qurish imkoniyatini beradigan usullar ham bor. Ammo samarador filtrni olish uchun ushbu jarayonni bir necha “iteratsiya” – yaqinlashtirishlardan foydalanib amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, ayniqsa filtrga bo‘lgan maxsus talablar to‘liq ma’lum bo‘lmagan hollarda yoki ishlab chiqaruvchi boshqa teng kuchli SRIB filtrini tahlil etmoqchi bo‘lgan hollarda yuz beradi. Maxsus talablar ro‘yxati 1)signal harakteristikalari (signal va uni oluvchi turi, signalni kiritish-chiqarish interfeysi, ma’lumotlarni uzatish tezligi va polosa kengligi, eng yuqori chastota); 2) filtr harakteristikalari (talab etiladigan ACHX va FCHX va ushbu harakteristikalarga talablarning qanchalik qat’iyligi, ishlash tezligi va filtr ish rejimi (real yoki kechiktirilgan (model) vaqt)); 3) amalga oshirish prinsipi (misol uchun, kompyuter uchun yuqori darajali dasturlash tilida yoki protsessorga asoslangan SRIB tizimi, shu bilan birga signal protsessorini tanlash ham amalga oshiriladi); 4) filtr tarkibi (strukturasi)ga qo‘yiladigan boshqa talablar (misol uchun, filtr tannarxi). Loyihalovchi va ishlab chiqaruvchi boshlang‘ich bosqichlarida to‘liq axborot (ma’lumot)larga ega bo‘lmasligi mumkin. Ammo loyihalash va ishlab chiqarish jarayonini soddalashtirish uchun iloji boricha ko‘p sonli talablar ma’lum bo‘lgani ma’qul. Foydalanilgan adabiyotlar A.A. Abduazizov, M.M. Muxitdinov, Ya.T. Yusupov. Radiotexnik zanjirlar va signallar. –T.: “Sams ASA”, 2012y. - 480 b. 2. www.ziyonet.uz 3. www.tuit.uz Download 21.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling