isbotlang.
11. Ore teoremasining isbotini o‘rganing (masalan, [9] kitobga
qarang).
Mustaqil ishlash uchun savollar
1. Eyler zanjiri deb nimaga aytiladi?
2. Yarim Eyler grafi Eyler grafidan nimasi bilan farqi qiladi?
3. Berilgan graf Eyler grafi bo‘lishning zaruriy va
yetarli sharti
qanday ifodalanadi?
4. Berilgan graf yarim Eyler grafi boMishining zaruriy va
yetarli
sharti qanday ifodalanadi?
5. Oriyentirlangan Eyler grafi qanday aniqlanadi?
6. Berilgan Eyler grafi uchun Flyori algoritmiga ko'ra qanday qoida
bo'yicha ishlar ketma-ket bajariladi?
7. Gamilton zanjiri deb nimaga aytiladi?
8. Qanday grafga Gamilton grafi deb aytiladi?
9. Eyler va Gamilton graflarining o‘xshashligi va farqi bormi?
10. Berilgan graf Gamilton grafi bo‘lishining yetarli shartlari haqidagi
Dirak teoremasi qanday ifodalanadi?
229
www.ziyouz.com kutubxonasi
11. Ore teoremasida berilgan graf Gamilton grafi bo‘lishining qanday
yetarli shartlari keltirilgan?
12. Eyler va Gamilton graflari qo‘llanilib hal qilinadigan qanday
amaliy masalalarga misol keltira olasiz?
13. Kubik graf Eyler grafi bo‘la oladimi?