To’yingan uglevodorodlarning tabiatda uchrashi
Alkanlar - neft va tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismidir. Ular tabiatda keng tarqalgan bo’lib odatda sof holda emas balki murakkab aralashmalar holida uchraydi. Alkanlarning ko’pgina aralashmalari toshko’mirda, tog’ mumi (azokrit) da yog’och va torf tarkibida, o’simliklarda ham uchraydi. Masalan: normal geptan qarag’ay daraxtidan, eykozon(C20H42) petrushka bargida, nonakozan (C29H60) karam bargida topilgan.
Ba’zi gullarning mumida qattiq uglevodorodlar : geptakazon (C27H56), oktakozan (C28H58) va triakontan (C30H62) bo’ladi. Olma po’stida, asalari mumida, g’o’zaning bargida, guli va chanog’ida ham yuqori molekulyar massali uglevodorodlarning borligi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |