Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar
Download 364.76 Kb.
|
Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metan - CH 4
- Laboratoriyada metan quydagi usullarda olinadi
Parchalanish reaksiyasi (Yuqori temperatura ta’siri).
Alkanlar yuqori temperaturada parchalanadi. Bu jarayon piroliz yoki kreking deyiladi. Bunda uglevodorodlardagi C – C va C – H bog’lar uzilib, quyi molekulali to’yingan, to’yinmagam va aromatik uglevodorodlar hosil bo’ladi. Piroliz jarayoni 550 – 650 OC va undan yuqori temperaturada borsa, kreking 450 – 500OC da boradi. Alkanlarning parchalanish reaksiyasi temperaturasi ularning molekulyar massasiga va molekulasining tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Uglevodorodning molekulyar massasi qancha yuqori bo’lsa, yuqori temperaturada uning parchalanishi shuncha oson bo’ladi. Texnikada neftni krekinglab to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar olinadi. Texnikada metanni krekinglab asetilen olinadi. Bu usul ancha qulay va arzondir : Boshqa alkanlar degidrirlanganda alkenlar hosil bo’ladi : Metan - CH4. Metan tabiiy gazning 96 – 98% ini va neft bilan birga chiqadigan gazning asosiy qismini tashkil qiladi. Toshko’mir quruq haydalganda hosil bo’ladigan gazlarda ham metan uchraydi. Buxoro tabiiy gazining taribida 98,1 % metan, 1,6% etan, 0,03% butan, 0,12%CO2, 0,1 % N2 bo’ladi. Qo’ng’ir ko’mirdan olinadigan yarim koks gazida 10 dan 25 hajmiy % gacha, yoritgich gazida 20 % gacha metan bo’ladi. Kislorod bilan metan aralashmasining portlash chergarasi 6 – 12 % CH4 ga teng Metan sanoatda va turmushda keng ishlatiladi. Metan asosan yoqilg’I sifatida (8560 kkal/m3) ishlatiladi. Laboratoriyada metan quydagi usullarda olinadi: Aluminiy karbidga suv tasir ettirib : Natriy asetatni o’yuvchi ishqor yoki natron oxagi bilan aralashmasini qizidirib : Metan CO va CO2 oksidini 250 – 400 OCda nikel katalizatori ishtirokida H2 bilan qaytarib olinadi: 1856 – yilda Bertlo birinchi marta metanni H2S va CS2 aralashmasini nayda qizdirilganda mis ustidan o’tkzib hosil qildi. 1897 – yilda 1200 OCda to’g’ridan – to’g’ri C ga H2 ta’sir ettirib metan olish yo’li topildi : Bu reaksiyada Ni katalizatoridan foydanilganda reaksiya 475oCda borishi va metanning unumi anchagina ortishi keyinroq aniqlandi. Sanoatda metan: tabiiy gazdan olinadi; uglerod (II) oksid va vodoroddan sintez qilib; Metan - rangsiz, hidsiz gaz, suvda juda kam, spirtda bir muncha yaxshi eriydi, metan havodan deyarli ikki marta yengil. Download 364.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling