Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt ikki oksidini birlamchi va ikkilamchi oksidlash
Download 21.92 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTNGUGURT UCH OKSIDIGA VANADIY KATALIZATORI ISHTIROKIDA OKSIDLASH MEXANIZMI
Mavzu: Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt ikki oksidini birlamchi va ikkilamchi oksidlash Reja: 1.Oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3 oksidiga vanadiy katalizatori ishtirokida oksidlash mexanizmi. 2.Katalizatorning zaharlanishi. 3.Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3 oksidiga oksidlash jarayonining sharoitlari. 4.Oksidlash tezligini temperaturaga bog‘liqligi diagrammasi haqida. 5.Oltingugurt 3 oksidi chiqishining temperaturaga bog‘liqligi diagrammasi haqida. 6.Oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3 oksidiga ikkilamchi oksidlash. 7.Kontakt apparati turlari. 1.OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTNGUGURT UCH OKSIDIGA VANADIY KATALIZATORI ISHTIROKIDA OKSIDLASH MEXANIZMI. Bu mexanizm oraliq mahsulot hosil bo‘lish nazariyasi asosida tushuntiriladi. Bu nazariyaga muvofiq A + V = S reaksiyasi ketsa va buning ketishi uchun aktivlanish energiyasi reaksiyasi E zarur bo‘lsa, bu reaksiya katalizator ishtirokida shu vaqtda tezroq ketadiki, agarda bu reaksiya oraliq mahsulot hosil qilish bosqichlari bilan ketib va umumiy zaruriy aktivlanish energiyasi E3 katalizator qo‘llanmagandagi aktivlanish energiyasi E dan kichik bo‘lsa. A+V=S+E (14.1.) A+K=AK+E1 (14.2.) AK+V=S+K+E2 (14.3.) A+V=S+E3 (14.4.) Bu nazariyani vanadiy katalizatorlarida ko‘rsak, quyidagicha ketadi: SO2 + V2O5 = SO3 + V2O4 (14.5.) V2O4 + 0.5O2 = V2O5 (14.6.) SO2 + 0.5O2 = SO3 (14.7.) Bu erda oraliq mahsulot V2O4 oksididir. Amaliyotda BAV katalizatorlarini ishlatish uchun uni kontakt apparatiga solib, 2-3 kun mobaynida katalizator orqali, tarkibida avval 0,5% SO2 gazi bulgan o‘choq gazi bir soat mobaynida, keyingi soatda 1% SO2 keyingi soatlarda 1,5; 2% SO2 va hokazo % SO2 gazi bo‘lgan o‘choq gazi utkaziladi. Toki o‘choq gazi tarkibidagi SO2 ning miqdori 7 yoki 9-10% bo‘lmaguncha. Bunday SO2 ni sekin asta katalizator orqali o‘tkazish katalizator tarkibida V2O5* K2S2O7 kabi aktiv kompleks hosil qilish uchun kerak ekan. Bu kompleks 400-4500S atrofida vanadiy katalizatori ustida suyuq qotishma hosil qilib, unda esa SO2 va O2 larning yutilishi yaxshi bo‘ladi. Bu esa reaksiyaning ketishini tezlashtiradi. SVS, SVD va boshqa shunga uxshash katalizatorlar o‘choq gaziga to‘yintirilmay, ko‘p vaqtni olmay, yuqorida ko‘rsatilgan V2O5 *K2S2O7 ni tayyor holda katalizatorlar tarkibiga kiritiladi. SHular oxirgi paytda ko‘p qo‘llanilmoqda. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling