Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt ikki oksidini birlamchi va ikkilamchi oksidlash


Download 21.92 Kb.
bet2/6
Sana28.02.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1236832
1   2   3   4   5   6
2. KATALIZATORNING ZAXARLANISHI.

Zaxarlanish vaqtincha va doimiy bo‘lishi mumkin. Umuman katalizatorni zaxarlanishi deb, uning aktivligini pasayishiga aytiladi. Agarda zaxarlangan katalizator orqali toza o‘choq gazi o‘tkazilganda, uning aktivligi yana tiklansa, bunday zaxarlanishni vaqtincha zaxarlanish deyiladi. Bunga suv bug‘i, SO, SO2 HCI, N2 va xokazolar kiradi.


Agarda katalizatorlarning aktivligi tiklanmasa doimiy zaxarlanish deyiladi. Bunga HF, SiF4, As2O5, FeSO4 lar kiradi. Bulardan, HF yoki SiF4 ta’siri o‘choq gazi tarkibidagi suv bug‘i miqdoriga bog‘liqdir:
4HF + SiO2 SiF4 + 2H2O (B) (14.8.)
YA’ni, o‘choq gazi tarkibida suv bug‘ining miqdori ko‘p bo‘lsa, bu reaksiya chapga siljigan bo‘lib, o‘choq gazida asosan NF bo‘ladi. Agar suv bug‘i kam bo‘lsa, reaksiya unga siljigan bo‘lib, uning tarkibida SiF4 ko‘p bo‘ladi. Ikkala holatda ham bu zararlidir, chunki agarda suv bug‘i ko‘p bo‘lsa katalizatorning bush g‘ovaklarini SiO2 qum egallab, katalizatorni zaxarlaydi. Agar suv bug‘i kam bo‘lsa, NF katalizator asosini emiradi. Mish’yak birikmalari esa V2O5 bilan V2O5*As2O5 kabi uchuvchan birikma hosil qilib, temperatura mabodo yuqoriga ko‘tarilsa, bu modda erib ketib, katalizator ham erib, uning g‘ovaklari yo‘q bo‘lib, uning aktivligi pasayadi.


3. VANADIY KATALIZATORI ISHTIROKIDA OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTINGUGURT UCH OKSIDIGA OKSIDLASH JARAYONINIG SHAROITLARI.

Ma’lumki, oltingugurt ikki oksidini oltingugurt uch oksidiga oksidlash quyidagicha reaksiya bo‘yicha ketadi:


SO2 + 0,5O2SO3 + Q16 (14.9.)
Bu reaksiyaning tezligini kinetik tenglamasi quyidagi Boreskov tenglamasi bilan belgilanadi:
dx = kt ( XMSHOD - X)0,8 (V- ax) 273 (14.10.)
dτ a X 2 273+t

bu erda: KT - tezlik doimiysi; X m.sh.o.d - muvozanat sharoitidagi oksidlanish darajasi; a-o‘choq gazidagi SO2 % miqdori; X-SO2 ni SO3 ga oksidlanish amaliy darajasi; V - o‘choq gazi tarkibidagi O2 ni % miqdori τ - vaqt sekundda, t - temperatura, 0S.


Bu erdan ko‘rinib turibdiki, oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3 oksidiga oksidlash tezligi Kt; V; X.m.sh.o.d. ga to‘g‘ri proporsional hamda a, x, t ga esa teskari proporsionaldir. Arrenius tenglamasiga binoan tezlik doimiysi Kt temperaturaga to‘g‘ri proporsionaldir. SHunday qilib, tezlik

Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling