Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt ikki oksidini birlamchi va ikkilamchi oksidlash
OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTINGUGURTT UCH
Download 21.92 Kb.
|
6. OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTINGUGURTT UCH
OKSIDIGA IKKILAMCHI OKSIDLASH. Bu usul amaliyotida SO2 ni SO3 ga oksidlashda qo‘llanishi mumkin. Bunga sabab shuki, SO2ni SO3 ga oksidlash jarayoni o‘ta qaytar bo‘lganligi uchun bir bosqichli oksidlash jarayonida xech qachon oxirigacha to‘liq oksidlanish jarayoni bormaydi. 1 bosqichli oksidlanish jarayonida X = 0,95 - 0,97 dan oshmaydi. Bunga sabab shuki, gaz aralashmasida (SO2 + SO3 + O2 + N2) da SO3ning xajmiy miqdori SO2ga nisbatan qaraganda ko‘p bo‘lganligi uchun, Le-SHatel’e prinsipiga muvofiq SO3 ning bir qismi teskarisiga parchalanib ketadi. Bunday xolatni oldini olish uchun amaliyotda ikkilamchi oksidlanish jarayoni qo‘llaniladi. Bunga muvofiq uchinchi qatlamdan chiqqan o‘choq gazi tarkibidagi SO3ning amaliy oksidlanish darajasi 0,91-0,93 ga teng bo‘lib, tashqi issiqlik almashgichda 200oSgacha sovutilib, 1chi monogidrat absorberiga yuboriladi (14.3.-rasm). Bu absorber 5 ni yuqorisidan 98,3% sulfat kislota eritmasi berilib turiladi. Natijada o‘choq gazi tarkibidagi SO3ning deyarli hamma qismi yutilib, ya’ni absorbsiyalanib, absorberning pastki qismidan 98,8% li sulfat kislota eritmasi sifatida chiqib ketadi. Absorberning tepa qismidan esa tarkibida oksidlanmay qolgan SO2, absorbsiyalanmay qolgan SO3 ni juda kam qismi,O2 va N2 90oC atrofida kontakt bo‘limining tashqi issiqlik almashgichlariga yuborilib, u erda 440oS largacha isitilib, 4-n.chi qatlamga kiritiladi. 4-n.chi qatlamda oksidlanmay qolgan SO2 1-chi qatlamdagi kabi juda katta tezlik bilan oksidlanadi. Bunga sabab, 4-n.chi qatlamga kirib kelayotgan o‘choq gazi tarkibida O2 va SO2 ning ulushli bosimlarining oshishi, hamda ular nisbatining oshishi sababdir. Bunga sabab shuki,1-nchi monogidrat absorberida 1-,2-,3-qatlamlarda hosil bulgan SO3ning deyarli hammasini sulfat kislotasi orqali absorbsiyalanib, o‘choq gazi tarkibidan chiqazib tashlashidadir. Natijada amaliy oksidlanish darajasi unga kirib kelayotgan SO2 ga nisbatan 0,96 - 0,98 largacha borishi mumkin. Keyinchalik o‘choq gazi 5-chi qatlamiga o‘tib, bu erda umumiy amaliy oksidlanish darajasi 0,998% - 0.999gacha etishi mumkin. Keyinchalik 5 n.chi qatlamda chiqayotgan o‘choq gazi tashqi issiqlik almashgich (7) da 200oS largacha sovutilib, 2-nchi monogidrat absorberi (8) ga yuboriladi. Bu erda o‘choq gazi 98,3%l i sulfat kislotasi bilan yuvilib, SO3 gazini yutadi va u 98,8% li sulfat kislota holida tashqariga chiqazib tashlanadi. Miqdori ruxsat etilgan konsentratsiyada past darajada bo‘lgan SO2, SO3,O2, va N2 lar balandligi 100-200 m keladigan mo‘ri orqali atmosfera havosiga tashlab yuboriladi. Xozirgi vaqtda va kelajakdagi sulfat kislota qurilmalarida SO2 ni SO3 ga 2 lamchi, 3 lamchi oksidlash usullari keng qo‘llaaniladi. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling