Nitrolanish reaksiyasi: Yuqori temperaturada nitrat kislota alkanlarni oksidlab uglerod (II) oksidga, nitrobirikmalarga, hatto spirt, aldegid, keton va kislotalarga aylantiradi.
Yuqori temperatura (440oC) ta’sirida va bosim ostida to’yingan uglevodorodlarga suyultirilgan (12 – 14 %) nitrat kislota ta’sir ettirilganda dastlab uchlamchi keyin ikkilamchi va nihoyat birlamchi uglevodoroddagi vodorodlar nitrat kislota qoldig’I (NO2) ga almashinishini birinchi bo’lib M. I. Konovalov (1888 – yil) aniqlagan. Shu sababli bu reaksiya nitrolanish yoki Konovalov reaksiyasi deyiladi.
Nitrolanish reaksiyasi ham radikal mexanizm bo’yicha boradi:
2HNO3 N2O4 + H2O + 1/2O2, N2O4 2NO2- inisirlovchi agent
Metan nitrolanganda uning deyarli hammasi nitrometanga aylanadi (boshqa hollarda nitrolash unumi 40 %dan oshmaydi ) :
Metandan keyingi uglevodorod gomologlari nitrolanganda bir qancha uglevodorodning nitrobirikmalarini aralashmasi hosil bo’ladi. Masalan : etan nitrolanganda nitroetan va nitrometan hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |