Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar


Download 356.15 Kb.
bet9/10
Sana09.01.2022
Hajmi356.15 Kb.
#261290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sikloalkanlar (sikloparafinlar) Sikloalkanlar

Ishlatilishi: Metan xalq xo’jaligida asosan yoqilg’I sifatida ishlatiladi. Sanoatda metandan etilen va asetilen olishda foydalaniladi.



Bu reaksiyalarga degidrogenlash (vodorodni uzish reaksiyasi) deyiladi.

Ulardan esa o’z navbatida etil spirt, sirka kislota, sun’iy kauchuk va plastmassalar olinadi. Bulardan tashqari metandan xlorli erituvchilar (xloroform va CCl4, frien suyuqligi), akrelonitril olishda ham foydalaniladi.

Metan metanol, sintetik benzin va juda ko’p boshqa qimmatboho mahsulotlar olishda dastlabki xom ashyodir. Bu maxsulotlarni sanoatda sintez qilishda sintez gazdan foydalaniladi. Sintez gaz esa metandan olinadi.



Metan suv bug’i yoki CO2 bilan birgalikda 850 OCda nikel katalizatori ustidan o’tkazilganda (konversiya qilinganda) CO va H2 ga parchalanadi:



Odatda tarkibi bir hajm uglerod (II) oksid va ikki hajm vodoroddan iborat (CO +2H2) gazlar aralashmasiga sintez gazi deyiladi.

Sintez - gazi metil spirti, ammiak olishda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Metanni ishlatilishini quydagi 7 –sxemada keltirish mumkin :



To’yingan uglevodorodlarning keyingi vakillaridan etan (C2H6) rangsiz, hidsiz gaz, undan asosan etilen oksid, etilenglikol, etilbenzol, polietilen va boshqa ko’pgina birikmalarni olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Propan (C3H8) – rangsiz gaz, tabiiy gaz tarkibida uchraydi. Neftni kreking qilganda ham propan hosil bo’ladi. Propan sanoatda keng ko’lamda amalga oshiriladigan sintezlar uchun xom ashyo.

Propan va butan aralashmasi bosim ostida oson suyuqlanadi va yopiq sisterna va ballonlarda saqlanadi va tashiladi. Bu aralashma ichki yonuv dvigatellarida yonilg’i sifatida ishlatiladi.

Propandan propil spirt, propilen, polipropilen, izopropil spirti, gliserin, allilxlorid va hk lar olishda ishlatiladi.

Butan (C4H10) – butan ikkita izomerga ega bo’lib ikkala izomer ham propan bilan birga uchraydi. Butan Vyurs reaksiyasiga muvofiq etilyodidga natriy ta’sir ettirib olinadi:



Izobutan esa izobutil yodidni qaytarib olinadi :



Butanni degidrogenlab butilen, butadiyen olishda ishlatiladi.

To’yingan uglevodorodning gomologik qatorining o’rta vakillari (C7 – C17) asosan neft va qo’ng’ir ko’mir smolasi tarkibida uchraydi. Ular erituvchilar va ichki yonuv dvigatellari uchun yoqilg’i sifatida ishlatiladi.

Yuqori molekulali alkanlar yog’ kislotalar, sintetik yog’lar, surkov moylari va boshqa ko’pgina organik birikmalar ishlab chiqishda ishlatiladi. Sun’iy olinadigan C10 – C30 uglevodorodlardan sovun, yuvuvchi vositalar va plastifikatorlar ishlab chiqishda ishlatiladi.




Download 356.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling