Silikat materiallar,nodir va kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi
Download 1.07 Mb.
|
kt va NKMKLA KURS ISHI tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar. 25 Foydalanilgan adabiyotlar. 26 KIRISH
MUNDARIJA:
I Kirish qism 1.1.Kirish. 5 1.2.Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar. 7 II Asosiy qism 2.1.Jag`li maydalash mashinalarining tasnifi va ularning ishlash printsiplari. 11 2.2.Jag‘li maydalagichlar. 13 2.3.Jag`li maydalagichlar hisobi. 23 Qisqa xulosalar. 25 Foydalanilgan adabiyotlar. 26 KIRISH Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati ishlab chiqarish unumdorligining rivojlanishi, bugungi demokratik davlatimiz- da kelajak avlodlar uchun ko‘pgina hollarda mineral xom- ashyolarni qazib olish va ularni qayta ishlash ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Foydali qazilmalar, asosan, organik va noorganik tabiiy minerallar bo‘lib, hozirgi rivojlangan texnologiyalar yordamida tabiiy va qayta ishlangan holda xalq xo‘jaligida yuqori samara bilan foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotga aylandi. Foydali qazilmalar manbasi konlardir, ya’ni yerning geologik ta’siri natijasida foydali qazilmalarning bir joyga to‘planishi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon holda bo‘ladi. Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:Metalli foydali qazilmalar – qora va rangli metallar olish uchun xomashyo. Nometall foydali qazilmalar – qurilish, keramika va boshqa mahsulot olish uchun xomashyo. Tabiiy yoki qayta ishlangan holdagi yoqilg‘i yoki kimyoviy sanoat uchun xomashyo hisoblangan yoqilg‘i qazilmalari. Foydali qazilmalar xalq xo‘jaligining asosi hisoblanadi, biror bir tarmoq yo‘qki, foydali qazilmalar yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari ishlatilmasa. O‘zbekiston konlarining foydali qazilmalarga nihoyatda boyligi, birnecha o‘n million tonna qazib oladigan va qayta ishlaydigan yuqori texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichli yirik mexanizatsiyalashtirilgan boyitish va metallurgiya korxonalari qurish imkonini beradi. Konchilik sanoati hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral mahsulot olish imkonini beradigan qattiq xomashyoni beradi va qayta ishlaydi. Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda yer ostidan qazib olishni ko‘paytirish va ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisob- lanadi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi:yangi konlarini izlab topish va sanoat miqiyosida o‘zlashtirish uchun ko‘p mablag‘ va mehnat sarflanishi;xalq xo‘jaligi tarmoqlarida ruda tarkibiga kirgan deyarli barcha mineral komponentlariga bo‘lgan talabning oshishi;chiqindisiz qayta ishlash texnologiyasini yaratish va ish- lab chiqarish chiqindilari bilan atrof-muhitni ifloslantirmaslik. Shu sabablarga ko‘ra, konlardan sanoat miqiyosida foyda- lanish imkoni nafaqat uning qiymati va foydali qazilma miq- dori, uning zaxirasi, geografik joylashishi, qazib olish va trans- portirovka qilish shartlari, boshqa iqtisodiy va siyosiy omillar- ga, balki qazib olinayotgan rudani yuqori samara bilan qayta ishlash texnologiyasi mavjudligiga ham bog‘liq. Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy kimyoviy birikmalar hisoblanadi. Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog‘ jinslaridan iborat bo‘ladi. Bunday minerallarga misli (xalkozin, xalkopirit), ruxli (sfalerit, smitsonit), qo‘rg‘oshinli (galenit, serussit) va hokazolar kiradi. Puch tog‘ jinslariga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo‘lmagan jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvars, karbonatlar, silikatlar va hokazolar kiradi. Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. «Puch tog‘ jins» tushunchasi ham shartli hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga yo‘naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish uchun puch tog‘ jinslarining barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini isbotladi. Boyitma tarkibida mahsulotlardagi foydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa, chiqindida puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo‘l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning o‘zi kamlik qiladi. Xomashyo tarkibida mavjud bo‘lgan minerallar turini (mineralogik tarkib) va qayta ishlanayotgan xomashyoning barcha komponentlarining minerallar bo‘yicha taqsimlanishini (fazoviy tarkibi) bilish kerak. Mineralogik va fazoviy tahlilni bilish, metallurgik qayta ishlaganda xomashyo tarkibidagi barcha komponentlarining qandayligini oldindan aytish to‘g‘ri ratsional texnologiyani tanlash va boyitish jarayonlaridagi amallarni to‘g‘ri bajarish imkonini beradi. Boyitish texnologiyasining rivojlanishi va takomillashuvi hamda xomashyodan kompleks foydalanishning oshishi, ya’ni qancha ko‘p qimmatli komponent olinsa, shuncha asosiy metallning kam miqdori bilan iqtisodiy va texnik jihatdan rudani qayta ishlash samarali bo‘lishi isbotlandi. Rudalar ham boshqa foydali qazilmalar singari yer yuza- sida tabiiy ravishda to‘planadi, bu to‘planish kon deb ataladi. Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy xomashyo va qo‘shimcha materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash hisoblanadi. Konlardagi ruda zaxiralari miqdoriy va sifatli xususiyatlari inobatga olinib, shuningdek, ularni o‘rganish bosqichiga qarab bir necha kategoriyalarga – xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab balansli va nobalansli turlarga bo‘linadi. kategoriyadagi konlarga bevosita ishlatish mumkin bo‘lgan konlar yoki konchilik korxonalari qurish uchun loyi- halash, ishlab chiqish va texnik loyihalar tuzish uchun geologik ma’lumotlar bilan ta’minlash kiradi. kategoriyadagi konlarga qo‘shimcha geologik izlanishlar talab qiladigan, lekin loyihalash shartlari ishlab chiqishga yaroqli konlar kiradi. Kategoriyaga yuqori kategoriyali topilgan konlar atrofidagi taxminiy zaxiralar tushuniladi. Bu kategoriyadagi kon zaxiralari tarmoqning kelajakdagi rejalarini tuzishda foydalanish imkonini beradi.Kategoriyaga zaxiralari geologik taxminlar yordamida topiladigan kon va minerallashgan zonalar kiradi. Ular xalq xo‘jaligini rejalashtirish va geologik-qidiruv ishlarini rejalashti- rishda muhim hisoblanadi. Balansli rudalarga mavjud yoki sanoat bilan o‘zlashtirila- yotgan taraqqiy etgan yuqori texnologiya yordamida iqtisodiy samara bilan foydalanadigan foydali qazilma zaxiralari kiradi. Nobalans rudalardan foydalanish hozirgi vaqtda iqtisodiy samara bermaydi yoki texnik imkon yo‘q, biroq qayta ishlash texnologiyasining taraqqiy etishi bilan balansli kategoriyaga o‘tishi mumkin. Ruda konlarini o‘zlashtirish xomashyoni boyitish va metallurgik korxonalarga yetkazish bilan konchilik sanoati shug‘ullanadi. Ruda konlarini o‘zlashtirishda ochiq, yopiq va aralash usullardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarishni yangi dastgohlar bilan almashtirish, ishlab chiqa- rish unumdorligini oshiruvchi, material resurslarni tejab ishla- tuvchi, ishlab chiqarishga tamoman yangi texnika va material- larni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, yuqori quvvatli va samarali dastgohlarni yaratish dolzarb masala hisoblanmoqda. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling