Silikat materiallar,nodir va kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi


Download 311.48 Kb.
bet1/5
Sana27.01.2023
Hajmi311.48 Kb.
#1131989
  1   2   3   4   5
Bog'liq
oltin metalini kimyosi va texnologiyasi kurs ishi


O`zbekiston Respblikasi
Oliy va o`rta maxsus talim vazirligi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
“Silikat materiallar,nodir va kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi”
Nodir,Kamyob,Tarqoq metallar kimytoviy texnologiyasi yo`nalishi
Kamyob,tarqoq va nodir metallar kimyosi va texnologiyasi fanidan
“Kurs ishi”

Mavzu:”Oltin metali kimyosi va texnologiyasini o`rganish hamda texnologik sxemasini tuzish”


Bajardi:Abduraimov Firdavs
Tekshirdi:Yaxyayev U.A.

TOSHKENT-2022-2023


MUNDARIJA
1.Kirish.Oltin metali………………………………………………
2.Oltin rudalari …………………………………………………….
3.Oltin metalining xususiyatlari……………………………..
3.1.Oltin metali olish sxemalari
4.Oltin sanoati ………………………………………………………
5.Xulosa …………………………………………………………………
6.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………

Kirish.Oltin metali


Kimyoviy belgisi Au egiluvchan metal. Atom massasi - 196,966569(4). Zichligi - 19.30 g·sm−3, erish harorati - 1337.33 K(2856 °C). (1064.18 °C), qaynash harorati - (3129 K)
Oltin (Aurum), Ai — Mendileyiv davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallarsyan biri. Tartib raqami 79, atom massasi 196,9665; rangi sariq, ogʻir metall. Tabiatda Oltin 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi. Oltinning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan |95Ai va 198Au ning ahamiyati bor. Yer poʻstining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi.

Oltin insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan Oltin buyumlarning mil.dan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3—2 ming yilliklarda Oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan.
Oltin tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻ-ma Oltin) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (AiTe2)dir. Sof Oltin mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. Rossiya Federatsiyasida (Ural, Sibir), Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida Oltin konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m³ da 0,008 g gacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha Oltin boʻladi. Oʻzbekistonda Oltin makka-joʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Kizil-kum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud.
Oltin yumshoq, plastik, choʻziluvchan metall (kalinligi 0,0002 mm gacha boʻlgan zarqogʻoz tayyorlash, 1 g ni 3,5 km li sim qilib choʻzish mumkin), elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 19,32 g/sm³ (20° da). Suyuqlanish temperaturasi 1064,4°, qaynash temperaturasi 2880°. Moos shkalasi boʻyicha qattikligi 2,5. Oltin yum-shoq bulganligi uchun uning kumush yoki mis qoʻshib tayyorlangan qotishmalari ishlatiladi. Oltin — kimyoviy jihatdan juda passiv element. Havoda oʻzgarmaydi. Sulfat kislota, nitrat kislota va boshqalarda erimaydi: faqat zar suviaa, xlorli suvda va ishqoriy metallarning sianidlari eritmalarida eriydi. Xlor bilan birikadi. Oltin oʻz birikmalaridan oson kaytariladi va kompleks birikmalar hosil qila oladi. Simobda erib, Oltin amalgamasiga aylanadi. Birikmalarda 1 va 3 valentli boʻladi. 3 valentli Oltin birikmalari barqaror hisoblanadi.
Oltin rudalardan bir necha usulda, mas, oltinli qumni suv bilan yuvib, zarralar holida ajratib olinadi. Oltin amalgamatsiya usulida ham boyitiladi. Uning kaliy sianid KCN eritmasida (kislorod ishtirokida) va xlorli suvda erishidan Oltin ajratib olishda foydalaniladi (bagration usuli). Buning uchun Oltinli qumga kaliy sianid (yoki natriy sianid NaCN) eritmasi qoʻshiladi. Oltin bilan kaliy sianiddan hosil boʻlgan kompleks tuz suvda erib ketadi, qum ajralib qoladi. Kompleks tuzning eritmasiga, odatda, rux taʼ-sir ettiriladi. Rux Oltinni choʻkmaga tushiradi. Olmalik, kon-metallurgiya korxonasida mis kuporosini elektroliz qilish jarayonida hosil boʻlgan toshqoldan Oltin ajratib olinadi. "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston—AQSH qoʻshma korxonasi Zarafshon oltin ishlab chiqarish kom-pleksi chiqindisidan sian usulida Oltin ajratib olishni yoʻlga qoʻygan. Bu usulda ishlatiladigan erituvchilar niho-yatda zaharli boʻlganligi sababli Oʻzbekiston olimlari samarali va inson salomatligi uchun bezarar erituvchilar olish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishmokda. Oltinning eng koʻp ishlatiladigan birikmasi xloraurat kislota N[AiS14]4N2O dir. Bu modda Oltinni zar suvida eritish natijasida hosil boʻladi. Oltinning AuCl, AuCl3 tarkibli xloridlari, AuO2, Au2O3 tarkibli ok-sidlari va boshqa birikmalari maʼlum.
Oltin valyuta sifatida, zargarlikda, kimyo sanoatida, elektrotexnikada, asbob-sozlikda, tibbiyotda, fotografiyada qollanadi.
Oltin juda kadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bulib yashagan paytlarda xam ma’lum bulib, uni daryo va kul suvlaridan yuvib olar edilar. Uning kueshdek tovlanib, issigu sovukda turli tuman aralashma va eritmalarda uzgarmay, erimay va uz xususiyatini zarracha uzgartirmay, kola olishi, uning kadri kiymatini oshirib yuboradi (1). Uning er kobigidagi mikdori 0,000001% xolos. (10-5%). Kattik erning bir kilometr chukurlikkacha boradigan tashki pustlogida kam deganda 5000 000 000 (5

mlrd) t. oltin bor (3). Oltinning solishtirma ogirligi: 19,258 va 20,72 g/sm3. t/m3.


Erish temperaturasi 1063 gradus

Kaynash temperaturasi 2200 va 25980S. Oltin boshka metallarga karaganda yumshok shu sababdan undan 1/250 000 dyuym 1/1000 mm Zar kogoz (folьga) yasash mumkin. 1gr oltinni salkam 3 km uzunlikka chuzish mumkin (167 yard.masofaga)[1].

Nodir metallar guruxiga oltin bilan bir katorda palladiy, iridiy, osmiy, radiy va ruteniylar kiradi. Oltinning eng yakin xususiyatini uzida jamlagan, ammo xavoda uzok tursa oksidlanib, korayib koladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab chikarish va xalk xujaligida ishlatilishi jixatidan oltindan keyingi urinda turadi. Oltin uzining uzgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomilasi urnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashkari u davlatlarning jaxon banklaridagi boylik jamgarmalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani xam bajaradi.
Davlatlararo tovar ayrboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stansiya kurilmalarida kotishma-metall sifatida, utga va kislotaga chidamli asbob uskunalarda ishlatiladi.
Kumush sanoatda katilizatorlar sifatida, kumush koplama, xalk xujaligida idish-oyok tayyorlashda ishlatiladi. Kumush kotishma va kavsharlash metali sifatida xam kullaniladi. Kumush idishlarda saklangan

suv uzok paytgacha aynimaydi. Sababi u boshka idishlardan kura oksidlanishga bardoshlirokdir. U bor joyda mikroblar tez yayrab keta olmaydi. Platina va platinoidlardan eng sezgir, utga chidamli, asbob-uskuna, laboratoriya jixozlari xozirlashda ishlatiladi.



Mavzuni keng yoritish uchun nodir metallarni tasniflash kotishmalarning keng istimol kilinishi xakida yangi adabiyotlardan foydalaniladi. Prizident I.A. Karimov asarlaridan namunalar keltiriladi.

Download 311.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling