Kristall kimyoning asosiy qonuni ta’rifi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang.
====
#kristallarning tuzilishi strukturadagi atom, ion yoki atomlar guruhining sonlari va o`lchamlarining nisbati hamda ularning qutblanish xususiyatlari bilan aniqlanadi.
====
silikatlarning panjaralari ionli, koordinatsion va murakab sinflar oralig`idagi ko`chib turadi.
====
turli elementlar asosida tuzilgan panjaralarda har bir ion yoki atom qarama-qarshi zaryadlangan ion yoki atom bilan ulangan bo`ladi.
====
kristallarning tuzilishi o`lchamlarining nisbati hamda ularning qutblanish xususiyatlari bilan aniqlanadi.
++++
Kristall panjara ta’rifi to`g`ri berilgan qatorni belgilang.
====
#Kristall panjara fazoviy to`rni hosil qilib, uning tugunlarida struktura elementlari bo`lmish ion, atom yoki molekulalar joylashadi.
====
Teskari jarayonning borishi, ya’ni suyuq moddaning kristallanishi uchun sistemadan ana shu yashirin suyuqlanish issiqligiga teng miqdordagi energiyani olib borish zarurati
====
Kristall panjaralarni hosil qiluvchi hamma elementar yacheykalarning shakli va o`lchamlari har xil bo`ladi
====
Ba’zi bir suyuqliklarning qotish jarayonida ularda kristallanish qobiliyati mavjud bo`ladi.
++++
Kristall panjarada paydo bo`ladigan bir o`lchamli (nuqtaviy) defektlarning turlari: 1-vakansiya; 2-panjara tugunidagi qo`shimcha atom; 3-tugunlar orasida joylashgan qo`shilma atom: 4-nuqtaviy qo`shimcha atom; 5-nuqsonlar tugunlari orasida joylashgan qo`shilma atom.
====
#1,2,3.
====
2,5,4.
====
1,4,5.
====
1,2,3,4,5.
++++
Kristall va amorf moddalar orasidagi asosiy farq nima?
====
#Kristall moddalarda atom, ion va molekulalarning fazoviy joylashishi tartibli bo`ladi. Amorf moddalarda struktura elementlari ya’ni ion, atom va molekulalar betartib joylashadi.
====
Kristall moddalarda atom, ion va molekulalarning fazoviy joylashishi tartibsiz bo`ladi. Amorf moddalarda struktura elementlari ya’ni ion, atom va molekulalar tartibli joylashadi.
====
Kristall moddalarda elektronlarning fazoviy joylashishi tartibli bo`ladi. Amorf moddalarda tashqi molekulalar betartib joylashadi.
====
Kristall va amorf moddalar orasida farq yo`q elektronlar bil xil harakatda bo`ladi.
++++
Do'stlaringiz bilan baham: |