Simsiz tarmoqni yig ish
Download 20.38 Kb.
|
SIMSIZ TARMOQNI QURISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simsiz tarmoqdan foydalanishning huquqiy masalalari
- NAZORAT SAVOLLARI
SIMSIZ TARMOQNI YIG”ISH Simsiz tarmoqning ishini tashkil qilish Simsiz tarmoqni tashkil qilish har qanday boshqa tarmoqning biror-bir variantini tashkil qilishdan oson, chunki axborot o‘tkazish muhiti tayyor va montaj ishlarini olib borishga zarurat yo‘q. Faqat simsiz tarmoqni tashkil qilishda bog‘lanish nuqtasini o‘rnatish uchun joy tanlashga to‘g‘ri keladi. Unga shunday hisobdan joy tanlash kerakld, signal hamma simsiz ish stansiyalarini qabul qilishi uchun bir xil bo‘lsin. Simsiz tarmoqni loyihalashda bog£- lanish nuqtasini o‘rnatish joyi tanlangan bo‘lsa, u holda loyiha jarayonida asoslangan va optimal deb hisoblangan joyiga o‘rnatib amalda to‘g‘ri ekanligi tekshiriladi. Buni amalga oshirish oson: joylashishi bo£yicha qarama-qarshi bo‘lgan bir necha kompyuterlarni ishga tushiriladi va bog‘lanish nuqtasi bilan aloqani sozlashga harakat qilinadi. Agarda birinchi urinishda aloqa o‘rnatilsa, demak simsiz tarmoqni loyihalashtirish muvaffaqiyatli o£tgan hisoblanadi. Agarda aloqa o‘rnatishda uzilishlar sodir bo‘lishi kuzatilsa, u holda bog‘lanish nuqtasini ish joylariga yaqinroq joylashtirish kerak bo‘ladi va qo£shimcha bog'lanish nuqtasini o‘rnatiladi, u qolgan kompyuterlarni ham signal bilan qoplab beradi. Qo‘shimcha bog‘lanish nuqtasi o‘rnatilgan taqdirda ham aloqa yaxshi o'rna- tilmasa, yana bir usuldan foydalanish mumkin: bog£lanish nuqta- larini «o£ralgan juft» kabeli yordamida ulashni amalga oshirish kerak. Bu tadbir ularni maksimal qoplash radiusi ta’minlangan joyga o£matish imkonini yaratadi va bir vaqtning o£zida bog£lanish nuqtalari o£rtasida maksimal tezlikda axborot uzatish hosil qilinadi. Simsiz tarmoq yaratishda maksimal tezlikka bog£lanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak bo£ladi: • signalning ko£rsatkichlari va tarmoqning ishlash tezligi ish joyining bog£lanish nuqtasidan qancha masofada joylashganligiga bog£liq. Shu sababli axborotni maksimal uzatish tezligi bog£lanish nuqtasi bilan kompyuterlar o‘rtasidagi masofa iloji boricha kam bo‘lishi kerak; • to£siqlar qancha kam bo‘lsa, signal shunchalik kuchli bo£ladi. Kompyuterlarni bog£lanish nuqtasi bilan to£g£ri ko‘rinish hududiga joylashtirish kerak; • turli standartlarga mansub qurilmalardan foydalanmaslik zarur. Bir standartga tegishli qurilmalardan foydalanilganda nazariy jihatdan maksimal ishlash tezligiga erishish ehtimoli hosil bo£ladi; • turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan foydalanish ham tavsiya etilmaydi. Bir ishlab chiqaruvchining qurilmalaridan foydalanilganda, masalan, axborotlarni uzatish tezligini oshirish imkoni hosil bo£ladi; • bir necha bog£lanish nuqtalaridan foydalanilgan taqdirda, axborotlarni uzatishning umumiy tezligi pasayib ketadi, ayniqsa, eng uzoqda joylashgan tarmoq segmenti o£rtasida. Shu sababli quwati yuqori bo£lgan boglanish nuqtasidan foydalanish yoki ularni kabel yordamida o£zaro ulashdan foydalanish kerak. Simsiz tarmoqdan foydalanishning huquqiy masalalari Simsiz tarmoqdan foydalanishning yana bir e’tiborsiz qoldirib bo£lmaydigan muhim masalasi mavjud. Bu masala o£tkazish muhiti bilan bog£liqdir. Radio to£lqinlaridan o£tkazish muhiti sifatida ama- liyotda ancha vaqtdan beri foydalanib kelinmoqda. Radio to£lqinlaridan nafaqat uy sharoitida, masalan, radiotelefonlar yoki mobil aloqa uchun, balki turli davlat tashkilotlaridagi turli ishlarni tashkillashtirish uchun (militsiya, tibbiyot tashkilotlari, harbiy, xavfsizlik xizmatlari va h.k.) ham foydalaniladi. Agarda simsiz tarmoq muhim davlat tashkilotlaridagi biror qurilma faoliyatining ishdan chiqishiga sabab bo£lib qolsa, u holda tuzatib bo£lmas oqibatlar ro£y berishi mumkin. Bu masalaning muhimligi tufayli har bir davlatda radio to‘lqin- laridan foydalanishni nazorat qiluvchi tashkilot tuzilgan. Ular foydalanilayotgan simsiz tarmoqlarni ro‘yhatga oladilar va yangi tarmoq ish faoliyatini boshlashiga ruxsat yoki taqiqlash masalala- rini ko£rib chiqadilar. Afsuski radio to‘lqinlaridan foydalanishning umumiy va yagona qoidalari mavjud emas, shuning uchun simsiz tarmoq yaratish masalasidan oldin bu jarayonni tashkillashtirish- ning me’yoriy va huquqiy hujjatlari bilan tanishib chiqish zarur. 0£zbekiston Respublikasida radio to£lqinlaridan foydalanishni nazorat qilish vazifasi radio to£lqinlar bo£yicha Davlat komis- siyasiga yuklatilgan. Shunday qilib, simsiz tarmoqni qurishda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: • simsiz tarmoq bino ichida, yopiq ombor binosida yoki ishlab chiqarish korxonasi hududidaligi; • 2400 — 2483,5 MHz chastota oralig‘ida ishlovchi qurilmadan foydalanilayotganligi; • qurilma 0‘zbekiston Respublikasi hududida ishlatilishiga sertifikati borligi; • bog‘lanish nuqtasidagi nurlanish quwati 100 mW.dan oshmasligi; • faqat standart antennalardan foydalanish, boshqa antennaga ulanish imkoni bo‘lmasligi lozim yoki qurilmani ishlab chiqaruvchi taklif etgan antennadan foydalanish kerak. NAZORAT SAVOLLARI 1. Simsiz tarmoq yaratishda yuqori tezlikka erishish uchun qanday tavsiyalami bajarish kerak? 2. Qo'shimcha bog‘lanish nuqtalarini qaysi usul bilan ulash tavsiya etilgan? 3. Ish joyi bilan bog‘lanish nuqtasi o‘rtasidagi masofaga tarmoqning qaysi ko‘rsatkichi bog'liq? 4. Radio to‘lqinlaridan qaysi korxonalar foydalanadi va nima maqsadda? 5. Radio toiqin chastotalarida ishlash uchun qaysi davlat korxonasidan ruxsat olish kerak? 6. Simsiz aloqani tarmoq uchun tashkil qilishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? Download 20.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling