Reja: 1. Avtotebranish to’g’risida tushuncha 3.Ishqalanish jarayonining xarakteristikasi 4. Elastik xarakterdagi potentsial turg’unlikdagi texnologik tizimlarda avtotebranish 5. Potentsial noturg’un elastik sistemadan iborat texnologik tizimlarda avtotebranish 1. Avtotebranish to’g’risida tushuncha
Texnologik tizimlarda avtotebranish hosil bo’lishi va egallagan o’rni bilan majburiy tebranishga nisbatan yuqori o’rinni egallaydi. Avtotebranish va uni amplitudasi tezlik bilan o’sib borib, ma’lum vaqt orasida stabillashadi.
Turg’un bo’lmagan dinamik tizimlarning avtotebranishini intensivligi har xil bo’lib, u chegaraviy qiymatgacha yetib borishi mumkin.
Texnologik tizimlarda avtotebranishni paydo bo’lishiga turg’unlikni 4.7 formula orqali aniqlanadi. EETT-da kesish jarayoni bo’yicha tad-qiqot o’tkazilayotgan bo’lsa,
(5.1.)
Bundan ko’rinib turibdiki, avtotebranishni paydo bo’lishiga tur-g’unligi ETT va KJ larning xarakteristikasini o’zaro ko’paytmasiga teng bo’ladi.
2.Kesish jarayonini xarakteristikasi
R=Kva va Wkj=Kv=Kk formulalar tahlil qilinganda ma’lum bo’lishicha, kesish qalinligi a-ni o’zgarishi bilan kesish kuchi kechikib o’zgarib boradi. Buning natijasida kesish kuchi «yangi» qiymatga ega bo’ladi:
R=Kka (5.2.)
Qirindi hosil bo’lishiga sarflanayotgan vaqtni doimiy bo’lishi t1=Tk
kesish kuchini kechikib namoyon bo’lishida ko’rinadi. Bu vaqt (t1) davomida kuch sarflanadigan miqdori 63%ga yetib boradi (5.1-rasm), ya’ni:
R=0,63 Kka
Demak, bunda kesish kuchini ekspontsial qonunga asosan o’zgaradi deb qarash mumkin. Unda kesish jarayoni uchun dinamik maromini birinchi darajali differentsial tenglamani, chiquvchi koordinati R-ni hisobga olgan holda, quyidagicha yozamiz:
yoki
kesish jarayoni uchun uzatish funktsiyasini aniqlaymiz:
(5.3.)
Do'stlaringiz bilan baham: |