Sinf : 5 -sinf Mavzu : Xotiradan natyurmort chizish
Download 22.77 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-sinf-Dars-ishlanma
Sinf : 5 -sinf Mavzu : Xotiradan natyurmort chizish Maqsad : Ta`limiy : Oquvchilarga natyurmort chizish bosqichlari haqida tushuncha berish ,tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanishga o`rgatish Tarbiyaviy : O`quvchilarda badiiy- estetik didni o`stirish ,ular natyurmortni chizishda yorug`-soya , kompanovka talablari asosida ishlashni ongiga singdirish Rivojlantiruvchi : O`quvchilarning natyurmort ishlash malakalarini rivojlantirish Tasviriy faoliyat turi : Naturadan qarab tasvir ishlash , Dars metodi :Og`zaki bayon , Klaster metodi , amaliy ish bajarish , Dars shakli ; Suhbat , amaliy mashg`ulot , kichik guruhlarda ishlash Dars jihozi : O`qituvchi uchun : Rassomlar ishlaridan namunalar, slaydlar,tarqatmalar, o`quv plakati Oquvchi uchun : Qog`oz , qalamlar , akvarel bo`yoqlar , A4 format Darsning borishi A ) Tashkiliy qism - 3 daqiqa B )O`tilgan mavzuni so`rash --- 5 daqiqa V ) yangi mavzu bayoni - 10 daqiqa G ) amaliy jarayon - - 20 daqiqa Guruhlarda ishlash - 15 daqiqa Taqdimot - 5 daqiqa D ) Mustahkamlash - 5 daqiqa S ) Vazifa - 2 daqiqa O`quvchilarning uy ishlari tekshiriladi, 5 balli tizimda baholanadi ,yaxshi bajargan o`quvchilar ishlari namoyish etiladi , kamchilik qilgan o`quvchilarga ko`rsatmalar beriladi .O`quvchilar guruhlarga bo`linadi Guruh “ Grafika “ Guruh “Peyzaj “ Guruh “ Natyurmort “ Guruh “Kompozitsiya “ O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savol -javob o`tkaziladi. 1.Natyurmort qanday janr ? - Natyurmort janrida jonsiz buyumlar tasvirlanadi. 2 . Natyurmort janr sifatida qachon paydo bo`lgan ? Natyurmort janr sifatida XVI- XVII asrlarda Gollandiyada paydo bo`ldan. 3.Natyurmort janrida ijod etgan rassomlarni ayting va uning qaysi kartinalarini bilasiz ? - R. Ahmedov , L . Salimjanova , G` . Abdurahmonov . A . Ikramjonov 4. Natyurmort dastlab qaysi janrlarda aks etgan ? - Natyurmort dastlab portret , peyzaj kabi janrlarda aks etgan. Guruhlar uchun berilgan javoblar tinglanib , rag`batlantiriladi Javoblari o`qituvchi tamonidan umumlashtiriladi . O`tilgan mavzu umumlashtiriladi, yangi mavzu sinf taxtasiga yozib qo`yiladi. O`quvchilarning diqqati jamlanib ,yangi mavzu bayon etiladi .Avvalgi darslarimiz orqali sizlarda Birmuncha natyurmort chizish qonuniyatlari haqida tushunchalar hosil bo`ldi .O`quvchilarga kampanovka , yorug` - soya , hajm , ranglar haqida eslatib o`tiladi . Slaydlar orqali rassomlar Z .Inog`omov , L . Salimjanova , Ufimtsevlarning natyurmoetlari namoyish etiladi . O`quvchilar bilan Ulardagi kompozitsiya , ranglar ,buyumlarning o`zaro bog`liqligi haqida suhbatlashiladi .Natyurmort chizish bosqichlari o`quv plakati orqali tushuntirib beriladi . Natyumort Chizish uchun qog`ozning o`rtasiga qog`oz ko`lamiga naturadagi buymlar o`rni yordamchi chiziqlar bilan belgilab olamiz . Buning uchun natyurmortdagi barcha byumlarning umumiy balandligi va eni olinadi . 2- bosqichda esa buyumlarning shakli va o`lchamlari aniqlab olinadi. 3-bosqichda kontur chiziqda natyurmortdagi barcha buyumlar chizib chiqiladi , yordamchi chiziqlar o`chiriladi va yorug` va soyalari belgilab qo`yiladi. 4- bosqich bo`yashga o`tiladi.Bo`yash texnikasi haqida savol javob orqali tushuncha berib o`tiladi. Amaliy jarayon . Har bir guruhga hayolan chizish uchun topshiriqlar yozilgan tarqatmalar beriladi . Guruh Mevalardan tuzilgan natyurmort chizing Guruh Ko`za va olma - guruh Download 22.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling