Sinf : 5 sinf Fan : Adabiyot
Download 21.37 Kb.
|
5-sinf Erkin Vohidov O\'zbegim qasidasi
Sana : Sinf : 5 – sinf Fan : Adabiyot Mavzu : Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi Maqsad : a) ta’limiy : O’zbekiston qahramoni E. Vohidov ijodi va “ O’zbegim ” qasidasi yozilishi tarixi haqida o’quvchilarga bilim berish b) tarbiyaviy ; O’quvchilarni she’r orqali ona Vatanimizga muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash , yetuk insoniy fazilatlarni shakllantirish , ularni ahloqiy , estetik ruhida tarbiyalash s) rivojlantiriuvchi ; o’quvchilarni adabiyot faniga qiziqishlarini rivojlantirish , ularning erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish , ifodali she’r aytishga o’rgatish ; d) Kasb – hunarga yo’naltirish ; O’quvchilarda shifokorlik , o’qituvchilik , duradgorlik kasblariga mehr uyg’otish e) Mafkuraviy ; o’quvchilarni milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyasi , yurt tinchligi va vatan ravnaqi , millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash , barkamol avlod yilida qilinayotgan ishlar yuzasidan suhbat o’tkazish Darsning borishi ; 1. Tashkiliy qism ( adabiyot fani haqida she’r , shior , salomlashuv navbatchi bilan suhbat , doskaga yangi mavzuni yozish ) 2. O’tilgan mavzular yuzasidan qisqacha savol - javob 3.Yangi mavzu bilan o’quvchilarni tanishtirish 4.Ifodali she’r o’qishga o’rgatish 5.Qasida janri haqida o’quvchilarga tushuncha hosil qilish 6.Yangi mavzuni mustahkamlash 7.Uyga vazifa berish Dars tipi : Yangi bilim berish Dars usuli : Ifodali she’r o’qish Dars uslubi : Noan’anaviy , aralash Dars jihozi : shoir rasmlari , kitoblari , “ Iztirob ” , " O’zbegim “ , “ El ustozim ” , tarqatma materillar , bukletlar Mavzu bayoni Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi haqida El ustozim men emas - tolib ! So’z durlarin termoqdir ishim , Odamlarning o’zidan oldim Odamlarga bermoqdir ishim ( Erkin Vohidov ) O’tgan darsda E. Vohidovning hayoti bilan tanishganmiz , o’tilgan darsni mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar beriladi . 1. E. Vohidov qachon va qayerda tug’ilgan ? 2.Vohidovlar oilasi qachon Toshkentga ko’chib kelgan ? 3.E. Vohidov qayerlarga ta’lim olgan ? 4.E. Vohidov qaysi jurnalga rahbarlik qilgan ? 5. 1- she’riy to’plami qaysi ? 6.Qanday dostonlarni yaratgan ? 7. Dunyo she’riyatining yorqin vakillarida qaysi birlarining she’rlarini , asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan ? 9.Qanday unvonlar egasi 10.E. Vohidovning qanday she’rlarini bilasiz ? 11.Qaysi she’rlariga kuylar bastalangan va kimlar ijro etgan ? O’quvchilar mustqail yodlagan “ Kamtarlik ” haqida “ kuy avjida uzilmasin tor ” (23) , “ Barcha shodlik senga bo’lsin ” , “ Yoshligim ” , “ Do’st bilan obod uying ” , “ Ona tilim o’lmaydi ” , “ Inson ” qasidasi ifodali aytishadi . Shodlik – bu shirin jondan kechmakdir Limmo – lim fidolik jomin ichmakdir Shoirlik - jigarni ming pora etmak Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak O’zni tomchi - tomchi zarra va zarra Elga qurbon qilib , eng so’nggi karra Armon bilan demak , Ey ona yurtim Kechir , xizmatingni qilolmay o’tdim Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podsholar , amir –u xonlar sha’niga , ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsadida bitilardi . E. Vohidov esa ona xalqi - o’zbegimga qasida bag’ishlaydi ! Qasida xalqimizning shavkatli tarixiga sayohatdan boshlanadi . Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o’zbegim Senga tengdosh Pomir – u oqsoch Tiyoshon o’zbegim So’ylasin Afrosiyob –u so’ylasin O’rxun xati Ko’hna tarix shodasida bitta marjon o’zbegim Al – Beruniy , Al – Xorazmiy , Al –Farob avlodidan Asli nasli balki o’zliq , balki Tarxon o’zbegim Ma’lumki , o’z o’tmishini , ota – bobolari merosini bilish millatga g’urur - iftixor bag’ishlaydi , uni o’zligini tanitish , haq – huquqini anglash darajasiga olib chiqadi . Erkin Vohidov o’zbekning “ ming asrlar ichra pinhon ” tarixinhi ko’hna Samarqandda saqlanib qolgan Afrosiyob yodgorligidan , Mo’g’iliston va Sibirdagi O’rxun va Enasoy ( Yenisey ) daryolari qirg’oqlaridan topilgan qadimgi turkey toshbitiklaridan izlash lozimligini aytdi . O’zluq , Tarxon singari to’qson 2 urug’ni o’zida jamlangan o’zbekning Beruniydek , Xorazmiydek , Farobiydek ahli donishlari bu xalqning naqadar ulug’vorligidan so’zsiz shahodat ekanini ta’kidlaydi . O’zodlik va hurlikni har narsadan ustun qo’yadigan To’maris , Shiroq , Spitamen , Muqanna , Jaloliddin Manguberdi , Temur Malik , Amir TEmur singari mard farzandlar qahramonlik ko’rsatadilar . Qasida davomida o’tmishimizning yana ko’plab ibratli sahifalari varaqlanara ekan , shoir ona xalq tarixini mukammal talqin etmoqqa ojiz ekaniga kamtarlik ila ishora qiladi . Har birimizning shu Vatanda dunyoga ko’z ochgan ekanmiz , ona xalqimiz bizga bergan oq sut va tuzni oqlamog’imiz , uning ravnaqi yo’lida butun kuch – g’ayratimizni sarf etmog’imiz lozim Qasida mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r . Qasida xuddi ga’zaldek qofiyalanadi . XV asrda yashab ijod etgan mashhur shoir Sakkokiy ulug’ munajjim va temuriy hukmdor Mirzo Ulug’bekni sharaflab to’rtta qasida bitgan . A. Navoiy Husayn Boyqaro sharafiga “ Hiloliya ” qasidasini yozgan . Zamonaviy adabiyotimizda Maqsud Shayxzodaning “ Toshkentnoma ” , Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” , “ Abdulla Oripovning ”O’zbekiston ” kabi asarlarining yaratilishi qasidachilik o’z doirasida tobora kengroq mavzularni qamrab olayotganidan dalolat beradi . Mustahkamlash Dars davomida “ O’zbegim ” qasidasini mustaqil yod olgan o’quvchilardan so’raladi , she’rning mazmun mohiyati haqida savol – javob o’tkaziladi . Darsga faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi . Uyga vazifa : “ O’zbegim ” qasidasini yodlash Sana : 23 aprel Sinf : 5 Fan : Ona tili Mavzu : Mustahkamlash darsi Maqsad ; a) Ta’limiy : Leksikologiya bo’limi yuzasidan olgan bilimlarini sinovdan o’tkazish , ona tili ta’lim jarayoida o’yin – topshiriqlardan foydalangan holda o’quvchilarni bilim saviyalarini oshirish . b) Tarbiyaviy ; O’quvchilarni vatanga sodiq o’g’il – qizlar qilib yetishtirish , tabiatga ota – onani hurmatlashga ulug’ ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash . s) O’quvchilarni og’zaki va yozma savodxonligini boyitish , ona tili faniga qiziqtirish , leksikologiya bo’limi orqali so’z boyliklarini oshirish d) Kasb – hunarga qiziqishlarini oshirish , shifokorlik , o’qituvchilik , tikuvchilik , duradgorlik kasblari haqida tushuncha va qiziqish uyg’otish . e) Mafkuraviy bilim ; O’quvchilarda sog’lom va barkamol avlod tushunchalarini ongiga singdirish dars tipi : Mustahkamlash dars uslubi : Noan’anaviy dars usuli : O’yin – topshiriqlar , savol – javob dars jihozi : Mavzuga oid ko’rgazmali qurollar , tarqatma meterillar , “ Ona tili ta’limi jarayonida o’yin – topshiriqlardan foydalanish ” kitobi . A. Bobomurodova Darsning borishi ; 1. Tashkiliy qism 2. O’tilgan mavzular yuzasidan savol – javob , leksikologiya bo’limi bo’yicha o’yin topshiriqlar . 3. Mustahkamlash 4. Uyag vazifa berish III. Mavzu bayoni : Ushbu darsimizda o’quvchilarni leksikologiya bo’limiga doir olgan bilimlarini yanada orttirish maqsadida fanga qiziqish uyg’otish orqali o’quvchilarga shu bo’lim yuzasidan o’yin topshiriqlar beriladi . 1- topshiriq Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linadi . “ Yaxshilar va yomonlar ” o’yini o’ynaladi . O’quvchilarga yaxshi odamlar haqidagi aytilgan ko’chma ma’noli so’z birikmalar , yomon odamlar haqida aytiladigan ko’chma ma’noli so’z birikmalarini yozishadi . 1 – guruh Chumoliday mehnatkash Qo’yday yuvosh Sherday qo’rqmas Yo’lbarsday dovyurak Musichaday beozor Bulbulday xushovoz Burgutday chaqqon 2 – guruh Tulkiday ayyor Quyonday qo’rqoq Bo’riday ochko’z Ilonday zaharli Eshak kabi befarosat To’ng’izday qo’pol 2 – topshiriq : Nuqtalar o’rnini so’zlar bialn to’ldir . Doskaga 1 tadan 3 guruhga so’zlar yoziladi . Shu so’zlarning ma’nodoshlarini o’quvchilar o’zlari topishadi . 1 – guruh : Sovg’a , …., ……., ……., …… , …….., 2 – guruh : ovoz , …., ……, ……., …….., ……, 3 – guruh : jinoyat , ….., ……, ……, ….., ………, …….., 3 – topshiriq : “ So’zdan marjon tuzing ” o’yini o’ynaladi . 3 – guruhga ajratrilib , o’quvchilarga so’zlarning aralash to’plami tavsiya etiladi . 1 – guruh – gullarning nomari ; karnaygul , gultojixo’roz , safsargul , nastarin , atirgul , nilufar 2 – guruh ; qushlarning nomlari ; laylak , turna , chumchuq , lochin , kabutar , burgut 3 – guruh ; daraxt nomlari ; o’zrik , olxo’ri , gilos , behi , tut , olma 4 – topshiriq “ Men boshlayman , sen davom ettir ” o’yini o’ynaladi . O’quvchilar 2 guruhga ajratilib 1 – guruh qarama – qarshi ma’noli so’zning 1 – qismini aytish , 2 – guruh esa shu so’zning qarama – qarshi ma’nosini aytishi lozim . 1 – guruh ; do’st , baland , yosh , tez , qattiq , uzun , , uzoq , mehnatsevar , urush , yaxshi , oz , o’q 2 – guruh ; dushman , past , qari , sekin , yumshoq , qisqa , yaqin , dangasa , tinchlik , yomon , ko’p , qora va hokazo 2 – guruhga ajajratilib savol – javob o’tkaziladi . Doskaga olma van ok daraxti ko’rgazmasi bo’lib , mevalar orqasiga quyidagi savollar yashiringan bo’lib , qaysi guruh ko’p meva to’plasa , o’sha guruh g’olib sanaladi . 1 . Leksikologiyada nimalar o’rganiladi ? 2. So’zning atash ma’nosi deb nimaga aytiladi ? 3. qanday so’zlar atash ma’nosiga ega bo’ladi ? 4. Qanday , so’zlar atash ma’nosiga bo’lmaydi ? 5. Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar deb nimaga aytiladi . Misol keltiring . 6. So’zning o’z va ko’chma ma’nolari deb nimaga aytiladi . Misol keltiring 7. Shakldosh so’zlar deb nimaga aytiladi ? Misollar keltiring 8. Uyadosh so’zlar deb nimaga aytiladi ? Misol keltiring 9. Paronimlar deb nimaga aytiladi , misol keltiring ? 10. Ma’nodoshlar so’zlar deb nimaga aytiladi . misol keltiring 11. Zid ma’noli so’zlar deb nimaga aytiladi ? Misol keltiring 12. Eskirgan so’zlar deb nimaga aytiladi ? 13. Yangi so’zlar deb nimaga aytiladi ? 14. Iboralar deb nimaga aytiladi ? 15. Tasviriy ifoda deb nimaga aytiladi ? 6 – topshiriq : Mustahkamlash O’qituvchi tomonidan xalq maqollaridan boshlanish qismi beriladi . Qolgan qismini xohlagan o’quvchini tur’azib so’raydi . 1. Ko’z – qo’rqoq , … 2. Egri ozadi , …. 3. Birlashgan o’zar , …. 4. Azob ko’rmay , …. 5. Aytish oson , ….. 6. Oz so’zla , ….. 7. Olqish olgan omondir , …. 8. Dono o’zini ayblar , …. Uyga vazifa : Leksikologiyaga tegishli barcha qoidalarni o’qib , o’rganish Download 21.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling